SIMMENTAL QORAMOL ZOTI

SIMMENTAL QORAMOL ZOTI (nem. Simmental — Zimmental vodiysi nomidan) — sutgoʻsht yoʻnalishidagi qoramol zoti. Shveysariyada mahalliy va 5-a. da keltirilgan Skandinaviya qoramollarini yaxshilash yoʻli bilan chiqarilgan. Yevropa mamlakatlarida keng tarqalgan Simmental qoramol zoti, asosan, mallaola, boshi va dumi uchi oq, yirik, tana tuzilishi mustahkam. Sigirlarining vazni 500— 600 kg, buqalariniki 900 — 1000 kg. Novvoslar boʻrdoqiga boqilganda tez semiradi, 12 oyligida 400 — 420 kg, 18 oyligida 500—600 kg ga boradi. Yuqori sifatli goʻsht beradi. Soʻyim chiqimi 58—62%. Sigirlarning sut sogʻimi oʻrtacha 5000— 6000 kg, yogʻlilikdarajasi 3,8—3,9%.3otning rekordchi sigirlari bir yilda 14—15 ming kg sut bergan. Simmental qoramol zoti oʻzining mahsuldorligi va turli iqlim sharoitlariga moslashganligi tufayli koʻpgina mamlakatlarga keщ: „tarqalgan. Rossiya va Ukrainaga 19-a. ning boshlarida olib kelingan. Oʻzbekistonga 1942—55 y. larda koʻplab keltirilgan va sof holda urchitilgan. 1970-y. dan boshlab Simmental qoramol zoti r-nlashtirilgan boshqa zotlar bilan chatishtirilgan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x