TURKASHLAR

TURKASHLAR, turgash, turgesh — ilk oʻrta asr turkiy xalklaridan biri. Qozogʻistonlik tarixchi Yu. A. Zuyevning fikricha, Turkashlarning qad. ajdodlaridan birini yuyechji qabilalari tashkil qilgan. Turkashlar toʻgʻrisida ilk maʼlumotlar 7-a. ning 2choragidan uchraydi. Ular, asosan, Yettisuvda yashagan. Bu davrda T. Gʻarbiy Turk xoqonligi hududida yashagan dulu qabilaviy ittifoqiga kirgan. 7-a. ning oxirida Turkashlar oʻz davlati — Turkash xoqonligini barpo etdi. Turkashlar 2 katta guruh — qora va sariqlarga boʻlingan. Ular oʻrtasida vaqtvaqti bilan oʻzaro kelishmovchiliklar boʻlib turgan. Gardiziytlng maʼlumotiga qaraganda, Turkashlar 2 urugʻ: tuxsi va azlarga boʻlingan. 766-y. qarluqlar kuchayib Turkash xoqonligini tugatdilar va Turkashlarning asosiy qismini oʻzlariga boʻysundirdilar. Turkashlarning qolgan qismi uygʻurlarga qaram boʻldi. L. N. Gumilyovning fikricha, bu voqeadan soʻng Turkashlar xalq sifatida tugatildi. Ularning bir qismi qarluq nomini qabul qildi, qolgani esa uygʻurlar tarkibiga singib ketdi. Ammo, shuni taʼkidlab oʻtish kerakki, Turkashlarning nomi 9-a. da ham manbalarda uchraydi. Az va tuxsi urugʻlarining nomi esa keyingi asrlarda ham manbalarda tilga olingan.

Ad.: Zuyev Yu. A., Ranniye tyurki: ocherki istorii i ideologii, Almatы, 2002.

Azim Malikov.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x