NUROTA TUMANI

NUROTA TUMANINavoiy viloyatidagi tuman. Shim. dan viloyatning Tomdi, gʻarbdan Konimex tumanlari, Buxoro viloyati, sharkdan Jizzax viloyati, jan. dan Navoiy, Xatirchi tumanlari, Samarqand viloyati bilan chegaradosh. Mayd. 6,5 ming km2. Axoliyey 78 ming kishi (2003). 1 shahar (Nurota), 7 kish-loq fuqarolari yigʻini (Nurota, Dehi-baland, Sentob, Qizilcha, Chuya, Gum, Gʻozgʻon) bor. Tuman markazi — Nurota sh.

Nurota tumani 1926-y. 29 sent. da Nurota uyezdi (markazi Nurota qishlogʻi) oʻrnida tashkil etilgan. 1930-y. 17 avpdan Nurota tumani Samarqand viloyati, 1982-y. dan Navoiy viloyati, 1988-y. dan Samarqand viloyati, va nihoyat, 1992-y. martdan yana Navoiy viloyati tarkibida.

Tabiati. Nurota tumani hududining shim. Aydar shoʻrxoklari, Qizilqum va Qoratogʻ b-n, markazi va jan. Nurota va Oqtogʻ tizmalari hamda ular orasidagi botikdar b-n band. Botiqlarda yoz quruq va issiq, qish u qadar sovuq boʻlmaydi. Balandroq joylarda yoz salqin, qish esa sovuqboʻlib, uzoqdavom etadi. Y illik oʻrtacha t-ra 13,4°. Yanv. ning oʻrtacha t-rasi —1,0°, eng past t-ra —29°, iyulda 27—28°, baland joylarda 25 — 15°, eng baland t-ra 43°. Vegetatsiya davri 202 kun. Yillik yogʻin 200—222 mm. Suvlari togʻdan oqib tushadigan soylardan (Oqsoy, Fangatsoy, Navkatsoy, Oqchopsoy, Orasoy, Gumsoy va b.) ibo-rat boʻlib, maʼlum havzaga quyilmasdan, tekislikka chiqqach, sugʻorishga sarf boʻladi. Lyoss, tosh-shagʻal prolyu-vial jinslardan tuzilgan botiqlarida och boʻz tuproq, boʻz tuproq, oddiy boʻz tuproq, yuqoriroqsa toʻq tusli boʻz tuproklar uchraydi. Yovvoyi oʻsimliklardan efemerlar, oq quray, gulxayri va b. oʻsadi. Butalardan doʻlana, pis-ta, irgʻay, qoratikan, chiy, bodomcha, quyonsuyak, jingil va b. uchraydi. Yovvoyi hayvonlardan kiyik, arxar, chiyaboʻri, qarsoq tulki, qo-bon, quyon, suvsar, tipratikan, qop-lon, boʻri, silovsin, ayiq, kala-mush, oʻrmon sichqo-ni, yumronqoziq, toshbaqa, echkemar va ilonlar; qushlardan kaklik, bulduruq, qorabovur, burgut, qoraqargʻa, olashaq-shaq, chumchuq, kir-gʻiy, lochin, kalxat, koʻkqargʻa, bedana, musicha, toʻrgʻay va b. koʻp. 1997-y. da «Oqtov» landshaft qoʻriqxonasi tashkil etildi (mayd. 15,5 ming ga).

Aholisi, asosan, oʻzbeklar (86%), shuningdek, tojik (11%) va b. millat vakillari ham (3%) yashaydi. 1 km2 ga oʻrtacha 12 kishi toʻgʻri keladi. Shaxar aholisi 30,1 ming kishi, qishloq aholisi 47,9 ming kishi (2003).

Xoʻjaligi. Respublikada salmoqli oʻrinlardan birini tumandagi «Gʻozgʻonmarmar» aksiyadorlik jamiyati korxonasi egallaydi. Undan tashqari, «Nurotamarmar» i. ch. korxonasi, «Nurotaavtoyoʻlmarmar», «Nurbuloq» mineral suv qadoqlash korxonasi, «Chashma», «Istiqlol» savdo korxonalari, tikuvchilik fkalari mavjud. Tumandagi 700 ga yaqin korxonadan 551 tasi kichik firma, 70 ga yaqin kichik va oʻrta korxona. Shuningdek, 120 ga yaqin maishiy xizmat koʻrsatish shoxobchasi, 200 dan ziyod savdo doʻkoni ishlab turibdi.

Tuman q. x., asosan, chorvachilik va dehqonchilik (gʻallakorlik)ka ixtisoslashgan. 4 xoʻjalik qorakoʻlchilik bilan shugʻullanadi. 10 shirkat, 500 ga yaqin dehqon-fermer xoʻjaligi mavjud. Q. x. da foydalaniladigan 503 ming ga yerning 3,1 ming ga si shartli sugʻoriladi. Lalmikor yerlar 16,3 ming ga ni tashkil etadi. 1,1 ming ga yerga don, 1,1ming ga yerga ozuka ekinlari ekiladi. 187 ga me-vazor, 125 ga tokzor, 213 ga tutzor bilan band. Tuman shirkat va shaxsiy xoʻjaliklarida 9,6 mingdan ziyod krramol, 1,5 mingga yaqin ot bor. Parranda ham boqiladi. Tuman xoʻjaligida avtotransport asosiy oʻrinda. Viloyat marka-ziga Nurota sh. dan avtobuslar munta-zam qatnaydi.

54 umumiy taʼlim maktabi (19,7 ming oʻquvchi), kasb-hunar kollejlar, 19 ja-moat kutubxonasi, 26 klub, «Chashma» oʻlkashunoslik muzeyi, 3 stadion, 26 sport maidonchasi faoliyat kursatadi.

Tuman markaziy kasalxonasi, bolalar yuqumli kasalliklar, 5 qishloq uchastka kasalxonalari, 4 qishloq vrachlik ambulatoriyasi, 10 qishloq vrachlik punkti, kattalar va bolalar poliklinikasi va b. tibbiy muassasalarda 152 vrach (har 10 ming aholiga 20,6 vrach), 594 oʻrta tibbiy xodim ishlaydi. Tuman hududida, Nurota sh. dagi meʼmoriy obidalar bilan birga, Abdulla-xon bandi gidrotexnika inshooti krl-diklari (16-a.) saqlanib qolgan.

Qahramon Rajabov, Zulxumor Abdiyeva.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x