NURALIXON

NURALIXON (18-a.) – Xiva xoni (1741—47). Abulxayrxon oʻgʻli. Xivaliklar Eron shohi Nodirshoh noibiga qarshi qoʻzgʻolon koʻtaradilar, unda Nuralixon katta rol oʻynaydi. Qoʻzgʻolonchilar Xivani qamal qilib uni egallaydilar. Xiva noibi oʻldirilib, uning qoʻshini qirib tashlangan. Taxtga Nuralixon oʻtiradi. Bundan xabar topgan Nodirshoh Marvdagi oʻgʻli Nasrullo mirzoga xat yuborib, unga Xorazmga borib, Eron huk-mronligini qayta tiklashni buyurgan. Nuralixonni taxtga koʻtarishga yordam bergan Xiva amaldorlari Marvga, Nasrullo mirzo oldiga kelib tavba qiladilar. Xivaliklar iltimosiga koʻra, Nodir-shoh Elbarsxonning Xurosonda turgan oʻgʻli Abu Muhammadni Xivaga xon qilib tayinlaydi. Nasrullo mirzo otasining buyrugʻiga koʻra, orolliklar va xivaliklardan yordamchi lashkar toʻplab, uning huzuriga yuboradi, turkmanlar va yovmutlarni esa Xorazmdan Xurosonga koʻchirtirib yuboradi. Nuralixon dashtga qochib ketgan. 1746-y. eronliklar Nuralixonni Xiva taxtiga oʻtirishga yana taklif qilganlar, biroq Nuralixon bu taklifda biror nay-rang boʻlsa kerak deb xavotirlanib Xivaga bormagan. Nuralixonga dushman qozoq sultoni Botirning oʻgʻli Gʻoyib Xiva taxtiga oʻtqazilgan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x