NUNAVUT

NUNAVUT — Kanadadagi maʼmuriy qudud. Mamlakatning shim.-sharqiy qismi va atrofdagi orollarni oʻz ichiga oladi. Mayd. 2,0 mln. km2. Maʼmuriy markazi — Ikaluit sh. Aholisi 28,1 ming kishi (2002).

Nunavut 1999-y. 1 apr. da Shim.-Gʻarbiy hududlarning bir qismidan ajratib olingan yerlardan tashkil etilgan. Nunavut maydoni Kanada hududining 25% ni tashkil qiladi. Hududning 85% axoliyey Arktikaning tub axrlisi — kana-dalik eskimoslar, yaʼni inuitlardan iborat. Ularning tilida «nunavut» — «bizning yer» degan maʼnoni anglatadi.

Foydali qazilma, shu jumladan, razvedka qilinmagan konlarga boy. Materik sayozligida neft va tabiiy gaz konlari, Baffin Yerida polimetall rudalar, mis-nikel va temir rudalari, nodir yer elementlari va h. k. bor. Biroq transport alokasi yaxshi yoʻlga qoʻyilmaganligi sababli ulardan toʻliq foydalanilmaydi. Xoʻjaligida yetakchi tarmoq — konchilik, quruklik va dengiz hayvonlarini ovlash; qisman baliq ham ovlanadi. Oziq-ovqat (xususan, konserva qilish) sanoati korxonalari mavjud. Hunarmandchilikda tosh oʻymakorligi, haykaltaroshlik, grafika rivojlangan, anʼanaviy es-dalik buyumlari tayyorlanadi. Turizm rivojlanganligi sababli aholining koʻp qismi xizmat koʻrsatish sohasida band. N. da 28 turar joy (qishloq) bor. Faqat Ikaluit (avvalgi Frobisher-Bey) shahar maqomiga ega.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x