TOSHKENT OPERETTA TEATRI

TOSHKENT OPERETTA TEATRI, Toshkent davlat musiqali komediya (operetta) teatri — Oʻzbekistonda yagona operetta teatri. Dastlab Samarkandda ochilgan (1938); 1940-y. Toshkentga koʻchib, 1948-y. gacha faoliyat koʻrsatgan. 1973 yil qayta tashkil etilib, A. Ginzburg sahnalashtirgan «Quvnoq urush» (I. Shtraus) spektakli bilan ochilgan. Dastlab teatrda N. Pasikova bosh baletmeyster, V. Spektr bosh dirijyor boʻlib ishlagan. Toshkent operetta teatri repertuaridan dastlab «Chanita boʻsasi», «Tbilisi osmoni ostida», «Monmartr binafshasi», «Silva», «Sirk malikasi», «Goʻzallik tanlovi», «Donna Lyutsiya» kabi zamonaviy va mumtoz operettalar oʻrin olgan.

80-y. lar teatrning ijodiy yuksalish davri boʻldi. Teatrni Rossiyada xizmat koʻrsatgan sanʼat arbobi K. Vasilyev (bosh rejissyor), B. Rasulov (bosh dirijyor)lar boshqargan, artistlar L. Bessarabova, Yu. Letov, I. Shalomayev va b. faoliyat koʻrsatgan. Ular mumtoz («Maritsa», «Mister Iks», «Loʻli premyer», «Bayadera», «Koʻrshapalak», «Loʻli baron», «Vals qiroli», «Quvnoq beva», «Fraskita» va b.) hamda zamonaviy («Malinovkada toʻy», «Ayollar isyoni», «Shirin meva», «Sevastopol valsi», «Gusar uylanishi» va b.) operettalar bilan teatr repertuarini boyitishgan. 1981-y. da teatrda birinchi oʻzbek operettasi («Quvnoq gunohkor», K. Vasilyev, E. Solihov) sahnalashtiriddi. 1990-y. larda Toshkent operetta teatri jamoasiga yosh isteʼdodli aktyor va rej. lar qoʻshildi (rej. lar M. Xachaturov, A. Kudryavsev, artistlar I. Buxaidze, N. Lapkova, K. Mitrofanov, B. Miskin, K. Izmaylov, S. Ortiqov va b.). Oʻzbek kompozitorlarining teatr bilan ijodiy hamkorligi kuchaydi (A. Ergashevning «Nakalok,», E. Solihovning «Tentak qiz» myuzikli, E. Qalandarovning «Temir xotin», A. Ikromovning «Bevalar ovunchogʻi» va b.). Bu davrda «Mening sohibjamol malikam» (F. Lou asari, rej. A. Kaziner), «Gollandiyalik qiz» (I. Kalman, K. Vasilyev), «Figaroning uylanishi» (Bomarshe asari asosida, V. Motsart va J. Rossini musikasi, rej. V. Volodchenko) kabi spektakllar sahnalashtirildi. «Goʻzal Yelena», B. Zokirov xotirasiga bagʻishlangan «Arabcha tango» (rej. M. Xachaturov), «Xonuma», «Kunlardan bir kun NyuYorkda» (I. Berlin) singari spektakllar soʻnggi yillar mahsulidir. Hozirda teatrning bosh dirijyori — B. Rasulov, bosh baletmeyster — Oʻzbekistonda xizmat kursatgan artist F. Isayeva, bosh rassom — A. Batikov. Oʻzbekistonda xizmat kursatgan artistlar D. Minyayeva, 3. Solovey, F. Maksudov va b. teatrning yetakchi aktyorlaridir. Teatr jamoasi Rossiya, Ukraina, Boltiqboʻyi, Oʻrta Osiyo mamlakatlarida gastrolda bulgan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x