SARSABIL

SARSABIL, sparja (Asparagus) — lolaguldoshlar oilasiga mansub oʻsimliklar turkumi; sabzavot va manzarali ekin. Yevropa, Osiyo va Afrikada 150 turi bor. Oʻzbekistonda 2 turi yovvoyi holda uchraydi. Kaltabarg Sarsabil (A. brachyphyllus Turez.), fors (A. persicus Baker.) koʻp yillik, chirmashib oʻsadigan oʻt. Ikkala turi ham boshqa belgilari b-n birbiriga oʻxshash, boʻyi 50 — 150 sm. Barglari mayda, barg qoʻltigʻida ninasimon koʻrinishda. Shakli oʻzgargan shoxchalar — kladodiylar hosil qiladi. Mevasi rezavor, rangi kizil. May oyida gullab, iyunda meva beradi. Toʻqaylarda oʻsadi. Dorivor Sarsabil (A. offcinalis) Yevropaning markaziy va jan. qismida, Zakavkazye va Shim. Kavkazda keng tarkalgan. Sabzavot sifatida ekiladi; uning yosh novdalari ovqatga ishlatiladi. Tarkibida 2% oqsil, 2,4% uglevodlar (klechatkadan tashqari), vitaminlar V,, V2, RR, provitamin A mavjud. Sdan aspargin olinadi. Hosildorligi 30—35 s/ga. Sarsabil ekilgan maydonlardan 10—15 yil hosil olinadi. Sarsabil aspargus nomi bilan manzarali oʻsimlik sifatida ham oʻstiriladi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x