SARIQ, sariqlar, shari — Oʻrta Osiyodagi turkiy xalqlar tarkibiga kirgan qabila nomi. Ilk urta asrlarda Jan. Sibir, Yettisuv va Sirdaryo boʻylarida usun, abdal, (qayhun) qabilalari bilan birga yashashgan. 8 — 10-a. lardagi xitoy manbalarida sheli, shari (sari, sariq) nomi bilan qayd etilgan. S. Sharqiy Turk xoqonligi tarkibiga kirgan. K. Shoniyozovnmnt fikricha, Sariqning gʻarbga dastlabki siljish jarayoni 8-a. ning 60y. larida sodir boʻlgan. Ayni shu vaqtda qarluqlar Yettisuvni egallaganlar. Sariqning katta qismi ular bilan birga Chu vodiysiga kelib oʻrnashgan. 10-a. oʻrtalarida Sariq Qoraxoniylar davlati tarkibida boʻlib oʻzbek elatining shakllanishida bevosita qatnashgan. 10—15-a. lar va keyingi davrlarda Dashti Qipchoqda yashagan. Sariq kurashlar va oʻzaro nizolar tufayli kichik boʻlaklarga boʻlinib oʻzbek, turkman, qozoq, qirgʻiz, qoraqalpoq, boshqird xalqlari tarkibiga kirgan. Sariqning Jungʻoriya va Tarbagʻatoyda qolgan qismi Sibir xalqlari tarkibiga kirgan. Sariqning Shim. Xitoyda qolgan guruxlari shu yerda yashovchi uygʻurlar bilan qoʻshilib, ular ichida sariquygʻur etnik guruhini tashkil etgan.
16-a. dan boshlab Sariq turkmanlar tarkibida qabila sifatida maʼlum boʻlib, Mangʻishloq va Gʻarbiy Turkmanistonda taka va yovmutlar bilan birga yashagan. 1897-y. aholi roʻyxatida bu hududlarda Sdan 31 ming xoʻjalik hisobga olingan. Shuningdek, S. Turkmanistonning Taxtabozor, Yoʻloʻtan tumanlarida ham istiqomat qilgan. Turkman Sariq bir qancha urugʻlarga boʻlingan: suqti, bayrach, xurosonli, alasha, xerzet. Turkman Sariqning bir qismi Oʻzbekistonning Olot va Muborak tumanlarida ham yashashgan. Ularning quyidagi etnik guruxlari maʼlum: koʻsa, joʻyjoni, sapcha va bek. 1926-y. gi aholi roʻyxatiga koʻra, Surxondaryoning Sherobod tumanida Sariqga mansub 1190 kishi yashagan. S. Qirgʻiziston, Afgʻonistonda ham bor. Oʻtmishda Sariq chorvachilik, bir qismi dehqonchilik bilan shugʻullangan. 20-a. ning 30y. laridan S xoʻjaligida dehqonchilik, xususan, paxtachilik va yaylov chorvachiligi yetakchi oʻrin tuta boshlagan.
Ad.: Karpov G. I., K istorii turkmensarыkov, Ashxabad, 1996; Shoniyozov K., Oʻzbek xalqining shakllanish jarayoni, T., 2000.