SHTAMM

SHTAMM (nem. tana, asos) — morfologik va fiziologik xususiyatlari oʻrganilgan mikroorganizmlarning sof oʻstirib olingan namunalari. Bir turdagi bakteriya, virus, mikroskopik zamburugʻlarning oʻzi yashash manbalari va qator xususiyatlari, mas, antibiotiklarga sezgirligi, toksinlar, fermentlar hosil qilishga layoqati va boshqalar bilan bir-biridan farq qiladigan juda koʻp Shtamm larga ega boʻladi.

Shtammlar yetishtirish morfologik belgilariga koʻra mitselial, mikroskleriotsial, koloniyalari tez va sekin oʻsadigan va h. k. Sh. larga boʻlinadi. Sanoatda oqsillar, antibiotiklar (shu jumladan, fermentlar), organik kislotalar va boshqalarning mikrobiologik sintezida qoʻllanadigan mikroorganizmlarning sof oʻstirib olingan Shtamm lari seleksiya natijasida olingan yovvoyi Shtamm larga nisbatan sermahsul hisoblanadi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x