SHIMOLIY ATLANTIKA OQIMI — Atlantika okeani shim. qismidagi iliq yuza oqim, Galfstrimning davomi. Suvining t-rasi 7° dan 15° gacha. Tezligi jan. da 0,9—1,8 km/soat, shim. sharqida 0,4—0,7 km/soatgacha kamayadi. Katta Nyufaundlend sayozligidan boshlanib Norvegiya dengizi tomon shim. sharqqa harakatlanadi. 60° shahrik. da gʻarbga oquvchi Irminger oqimiga ajraladi. Suv sarfi (20—40 mln. m3/sek.) oʻzgaruvchan. Shimoliy Atlantika Oqimi suvining sarfi va issiqlik holati Gʻarbiy va Shim. Yevropa obhavosi va iqlimiga taʼsir koʻrsatadi.
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые