Ona sutining 80%dan oshigʻini suv tashkil qiladi. Ayniqsa «oldi sut»ni % koeffitsiyenti koʻproq boʻldi. Bu esa bola chanqagan paytda uning chanqogʻini bosa oldi. Bu FAKT. Shuning uchun shifokorlar bolada turli hil kasalikklarni oldini olgan holda 6oygacha suv ichirmaslikni tavsiya etiladilar. .
6 oygacha boʻlgan bolalarda chanqoqlik va ochlik hissi impulslari miyada juda yaqin joylashgan boʻlib suv ichgan bolada toyish hisi uygʻonadi. Bu esa bolada ona sutini kerakli miqdorda emishiga halaqit beradi. Ayniqsa kam vazn yigʻayotgan bolalar va koʻkrak suti kamligi muommosi onalar bu borada etiborli boʻlishilari talab etiladi. .
Yana boshqa bir mutahasislar esa bolani umumiy ahvoliga qarab har emizish oraligʻida suv ichirish kerakligini aytishadi.
Bolaga suv ichirish masalasi-jiddiy mavzu. Uni pediatr-shifokor bilan maslahatlashgan holda hal qilish kerak. Lekin har bir ona oʻz kichkintoyiga nima kerakligini faqat oʻzi biladi. Shuning uchun maslahatlashing, solishtirib koʻring, oʻrganing, amalda sinab koʻring. Va farzandingiz uchun qay biri yaxshiroq ekanini bilib oling.
Yuqoridagi tavsiyalar faqat 6 oygacha boʻlgan va ona suti bilan oziqlanadigan bolalar uchun. «Smes» ichadigan va qoʻshimcha ovqatlanishga oʻtgan bolalarning suv ichish masalasi butunlay boshqa mavzu.
loading…