SHARQ MUZEYI

SHARQ MUZEYI — jahondagi eng yirik muzeylardan biri. Moskvada 1918-yilda tashkil topgan. 1925-yilgacha Art Asian (Osiyo sanʼati), 1962-yilgacha Sharq madaniyati muzeyi, 1992-yilgacha Sharq xalqlari sanʼati muzeyi deb atalgan; 1992-yildan hoz. nomda. Muzey 19-asr 1-choragida klassitsizm uslubida qurilgan binoda (meʼmor D. Jilyardi) joylashgan; muzey fondi, kutubxonasi va taʼmirlash ustaxonasi boshqa binoda. Muzey toʻplamida qadimiy, oʻrta asrlar va zamonaviy Sharq mamlakatlarining sanʼat asarlari saqlanadi. Muzey fondi rossiyalik taniqli sanʼat ishqibozlarining shaxsiy toʻplamlari negizida barpo etilib, boshqa fondlardan oʻtkazilgan, sotib olingan sanʼat asarlari hisobiga boyitib boriladi. Muzeyda 100 dan ortiq mamlakatlarning rangtasvir, grafika, haykaltaroshlik, amaliy bezak sanʼati asarlari, ilmiy ekspeditsiyalarda topilgan arxeologik eksponatlar toʻplangan. Yaponiya, Xitoy, Eron, Hindiston, Janubiy Sharqiy va Markaziy Osiyo mamlakatlari sanʼat asarlari muzeyning eng yirik toʻplamlaridir. Jumladan, oʻzbekistonlik rassomlar A. Volkov, N. Karaxan, P. Benkov, O. Tatevosyan, B. Hamdamiy, Oʻ. Tansiqboyev, A. Abdullayev, B. Jalolov, L. Ibrohimov va boshqalarning asarlari ham bor.

Muzey ilmiy tekshirish instituti maqomiga ega boʻlib, muhim ilmiy tekshirish ishlari olib boradi, arxeologik va etnografik ekspeditsiyalar, konferensiyalar uyushtiradi, ilmiy toʻplamlar, yoʻlkoʻrsatkichlar, kataloglar, ilmiy maʼlumotnoma va maʼruzalar toʻplamlari nashr etadi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x