SULAYMONOVA Gulbahrom Sulaymonovna

SULAYMONOVA Gulbahrom Sulaymonovna (1920.1.10, Andijon — 1984, Toshkent) — terapevt olim. Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1967), tibbiyot fanlari d-ri (1952), prof. (1960). Qozogʻiston tibbiyot in-tini tugatgach (1941), ToshTI fakultet terapiya klinikasida ordinator (194142; 194548), assistent (194849), prof. (1953—56), Gematologiya va qon quyish i. t. institutida ilmiy ishlar boʻyicha direktor oʻrinbosari (1956 — 61), 1961-y. dan Toshkent vrachlar malakasini oshirish in-ti gematologiya kafedrasi mudiri. Ilmiy ishlari meʼdaichak, nafas, qon yaratish aʼzolari kasalliklari va kollagenozlarga oid. Leykozlarning kechishi va ularni davolash usullari ustida tadqiqot olib borgan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x