TUNGUS-MANJUR TILLARI

TUNGUS-MANJUR TILLARI, manjur-tungus tillari — Sibir va Uzok, Sharkdagi yaqin qarindosh tillar guruhi. Ayrim tadqiqotchilar fikricha, Tungus-manjur tillari oltoy tillari oilasiga kiradi. Ushbu tillar RFning Oʻrta va Sharqiy Sibirdagi tayga hududlarida, Xitoyning shim. sharqida, SinszyanUygʻur muxtor rayonida, Mongoliyaning Bargi tumani (aymogʻi)da tarqalgan. Soʻzlashuvchilarning umumiy soni 70 ming (RF da 60 ming) kishidan ortiq (1990-y. lar). Tungus-manjur tillarining nisbatan yaqinligi va dialektal jihatdan oʻta tarqokligi ularni mustakil til sifatida ajratish va tasniflashni qiyinlashtiradi. Shuning uchun bir tasnifda ular 11 tarmoqka, ikkinchisida 5 tarmoqqa, yana birida 3 tarmoqqa ajratiladi. Mas., 3 tarmokli tasnifda sibir yoki shim., amur yoki nani va jan. yoki manjur tarmoklari farklanadi va bu tarmoklar evenk, even, nanay, udegey, manjur kabi tillarni va bir kancha laxjalarni kamrab oladi.

Tungus-manjur tillari fonetik belgilaridan unlilar ohangdoshligi (singarmonizm)ning mavjudligi, soʻz oʻrtasida undoshlarning qator kelishi, urgʻuning soʻz oxiriga tushishi (evenk va even tillarida kuch urgʻusi, nanay va udegey tillarida musiqiy urgʻu) kabilarni koʻrsatish mumkin. Morfologik belgilaridan esa bu tillarning suffiksalagglyutinativ tipdagi tillarga mansubligi; analitizm belgilarining kuchliligi (manjur tili); otlarning son (birlik va koʻplik), egalik (3 xil shakl), kelishik (8 ta) kategoriyalariga egaligi; feʼllarda sifatdosh shaklining predikat vazifasida qoʻllanishi, nisbat kategoriyasining (ular 5 ta) rivojlanganligi, koʻmakchilarning faol, koʻp qoʻllanishi kabilarni koʻrsatish mumkin. Leksikada boshqa tillardan oʻzlashgan soʻzlar koʻp: RF dagi Tungus-manjur tillarida rus tilidan, even va evenk tillarida saxa tilidan, manjur tilida xitoy tilidan, barcha Tungus-manjur tillarida moʻgʻul tillaridan uzlashgan soʻzlar uchraydi.

Tungus-manjur tillariga mansub ulik jurjen tilida yaratilgan va jurjen yozuvida bitilgan yodgorliklar 12—16-a. larga mansub. Manjur tili yozuvi 1599-y. da moʻgul yozuvi asosida yaratilgan va 1632-y. da takomillashtirilgan. Boshqa Tungus-manjur tillari uchun 20-a. ning 20-y. lari oxirida lotin grafikasi asosida, 1936-y. dan rus grafikasi asosida yozuvlar ishlab chiqildi va 1931—32 y. larda evenk, even va nanay tillarida adabiyotlar nashr etila boshladi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x