TRANSKRIPSIYA (biologiyada) tirik hujayralarda irsiy axborot amalga oshirilishining birinchi bosqichi; DNK matritsasi asosida iRNK molekulasi sintezlanishi. DNK ga tobe RNKpolimeraza fermenti vositasida amalga oshadi. Ferment Transkripsiyaning boshlanish joyi — promotorni tanib, unga birikadi; DNK qoʻsh zanjirini bir-biridan ajratadi va bu joydan boshlab, DNK zanjirlarining biridan nusxa oladi. Buning uchun ferment DNK zanjirlaridan biri boʻylab siljib boradi va komplementarlik prinsipi asosida sitoplazmadagi erkin nukleotidlarni oʻzaro tutashtirib i RNK zanjirini hosil qiladi. Ferment siljib borishi bilan iRNK uzunligi ortib borib, DNK zanjiridan uziladi; fermentning keyingi qismida DNK qoʻsh spirali yana tiklanadi. RNKpolimeraza fermenti nusxa koʻchirilayotgan DNK qismining oxiri (terminator)ga yetganida sintezlangan RNK matritsa (qolip)dan ajraladi. DNK qismlari har xil joyidan olinadigan nusxalar soni organizm rivojlanishi davomida oʻzgarib turishi mumkin. Katta Samara beradigan initsiatsiya (boshlanish) uchun koʻpincha promotorga nazorat qiluvchi oqsillar (mas., aktivator oqsillar)ning ulanishi lozim. Prokariotlarda iniatsiya bosqichidagi boshqarilishda oqsilrepressorlar qatnashishi mumkin. Transkripsiyaning oxirini RNKpolimeraza, boshqa qismini maxsus oqsil «ro» tanib oladi. Transkripsiyaning terminatsiya bosqichqdagi boshqarilishda antiterminator oqsillar va oqsil sintezi apparati komponentlari katnashadi. Eukariotlarda ribosomal, informatsion va transport RNK sintezi uchun alogʻida RNKpolimeraza fermenti mavjud. Transkripsiya birligi skripton yoki operonlar oʻzaro funksional bogʻlangan bir necha genlardan iborat. Eukariotlarda bu genlar har doim monogen boʻladi. Shish qosil qiladigan viruslarda teskari transkriptaza (revertaza) fermenti yordamida axborot RNK dan DNK ga oʻtkazilishi mumkin. Bu jarayon teskari Transkripsiya deyiladi.
0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Войти через
авторизуйтесь
Я разрешаю создать мне учетную запись
Когда вы первый раз заходите с помощью соцсетей, мы получаем публичную информацию из вашей учетной записи, предоставляемой провайдером услуги соцсети в рамках ваших настроек конфиденциальности. Мы также автоматически получаем ваш e-mail адрес для создания вашей учетной записи на нашем веб сайте. Когда она будет создана, вы будете авторизованы под этой учетной записью.
Не согласенСогласен
Войти через
Я разрешаю создать мне учетную запись
Когда вы первый раз заходите с помощью соцсетей, мы получаем публичную информацию из вашей учетной записи, предоставляемой провайдером услуги соцсети в рамках ваших настроек конфиденциальности. Мы также автоматически получаем ваш e-mail адрес для создания вашей учетной записи на нашем веб сайте. Когда она будет создана, вы будете авторизованы под этой учетной записью.
Не согласенСогласен
0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии