SAROYBERKA

SAROYBERKA, Yangi Saroy Oltin Oʻrdattg poytaxti. Berkaxon tomonidan bunyod etilgan (taxm. 1260) . 14-a. ning 1-yarmida ravnaqtopgan. Saroyberka nafaqat Oltin Oʻrda, balki butun oʻrta asr Yevropasining eng katta shaharlaridan biri sifatida shuhrat topgan. 1333-y. S. B. ga kelgan Ibn Battutaning guvoxlik berishicha, Saroyberka kaftday tekislikda qurilgan shaharlar sirasiga kirib, odamlar bilan toʻla boʻlgan, ajoyib bozorlari, keng koʻchalari kishini hayratga solgan. Saroyberkaning aholisi 75 ming kishi atrofida boʻlib, ular moʻgʻul, (alanos), qipchoq, cherkas, rus hamda vizantiyaliklardan iborat boʻlgan. Shaharda hunarmandchilik ustaxonalari,turli tuman korxonalar, savdosotiq rastalari, karvonsaroylar ishlab turgan. Shaharning butunlay xarobaga aylanish vaqti haqida aniq maʼlumot yoʻq. Sharq va Gʻarbni bogʻlovchi Buyuk ipak yoʻlida joylashgan Saroyberkaning koʻpdan koʻp binolari rus podshosi Fedor Ivanovichning 1578-y. dagi farmoniga koʻra, buzilgan va Astraxon sh. qurilishi uchun ishlatilgan. Xarobalari Volgograd viloyatidagi Sarev qishlogʻida saqlangan. Saroyberkada A. V. Tereshchenko (1843—51), F. B. Ballod (1922), G. A. FyodorovDavidov (1959 — 67) qazish ishlari olib borishgan.

Ad.: FyodorovDavыdov G. A., Obщyestvennыy stroy Zolotoy Ordы, M., 1973; Yegorov V. L., Istoricheskaya geografiya Zolotoy Ordы v XIII—XVI vv., M., 1985.

Hamidulla Dadaboyev.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x