SUS XOTIN

SUS XOTIN — mavsummarosim qoʻshigʻi; folklor janri. Qurgʻoqchilik munosabati bilan yomgʻir chaqirish marosimida aytilgan. Oʻrta Osiyo, Kavkaz va b. xalqlar oʻrtasida uchragan. «Soʻz xotin», «Sut xotin», «Suv xotin» deb ham yuritilgan. Qoʻshiq, asosan toʻrtliklardan iborat boʻlib, barmoq tizimidagi yetti hijoli vaznda yaratilgan, matnida murojaat, xitob ohanglari hukmron. «Sus xotin»da oʻzbek xalqining uzoq oʻtmishdagi megʻnat tajribalari, orzuistaklari badiiy shaklda ifodalangan. Hozir urfdan chiqib ketgan. Tili, ritmi, badiiy vositalari jihatidan xalq soʻz sanʼati hodisasi sifatida oʻrganiladi.

1 1 голос
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x