SHANIDAR — tosh davriga oid gʻor. Iroqning shim. dagi Zagros togʻlarida joylashgan. Amerikalik arxeolog R. Soleskiy tomonidan tadqiq etilgan (1951—65). 5 ta madaniy qatlamdan iborat. Gʻorning yuqori qatlamida hoz. va antik davrga oid ashyolar topilgan. Shanidarning eng quyi qatlamidan miloddan 44—48ming yil avvalgi, muyetye davriga oid tosh qurollar va 9 ta neandertal odamlarining skeleti chiqqan. Bulardan pastrokda topilgan goʻdak skeleti ulardan ham qadimiyroq — 60 ming yilga teng. Shanidar goriga dastlab muyetye odamlari taxm. 100 ming yil avval kelib joylasha boshlagan.
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые