SURAKARTA (Solo) (Surakarta, Solo) — Yava o. (Indoneziya)dagi sultonlik (1743—1950). Mataram sultonligining shim. qismini golland mustamlakachilari bosib olgach, uning markaziy va jan. qismida barpo etilgan. Markazi — Solo daryosi boʻyida joylashgan Surakarta sh. 1812-y. golland mustamlakachilari Surakartada oʻz nazoratlarini oʻrnatganlar. 1942—45 y. larda sultonlik yapon qoʻshinlari tomonidan bosib olingan. Surakarta rasman 1950-y. gacha mavjud boʻlgan, soʻngra Indoneziya respublikasining Markaziy Yava viloyati tarkibiga kirgan.
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые