TOGO (Togo) Togo Respublikasi (Repudlique Togolaise) — Gʻarbiy Afrikadagi davlat. Mayd. 56,8 ming km2. Aholisi 5,3 mln. kishi (2002). Poytaxti — Lome sh. Maʼmuriy jihatdan 5 viloyat (reqion)ra boʻlinadi.
Davlat tuzumi. Togo — respublika. Amaldagi konstitutsiyasi 1992-y. 27 sent. dagi referendumda maʼqullangan. Davlat boshligʻi—prezident (1967-y. dan Gnasingbe Eyadema). Qonun chiqaruvchi hokimiyatni Milliy majlis (parlament), ijrochi hokimiyatni prezident bilan hukumat amalga oshiradi.
Tabiati. Togo Gvineya qoʻltigʻining shim. sohilida joylashgan va dengiz boʻyi akkumulyativ pasttekisligidan, markaziy qismi tekislik va 200—400 m balandlikdagi platodan iborat. Eng baland joyi Togo togidagi Bauman choʻqqisi (986 m). Shim. sharqda Atakoro tizmasi bor. Shim. gʻarbiy chekkasida Oti daryosi vodiysi joylashgan. Foydali qazilmalardan temir rudasi, oltin, marmar, osh tuzi, fosforit, xromit, boksit bor. Iklimi subekvatorial. Oʻrtacha oylik t-ra 20—25° dan 28—32° gacha, yillik yogʻin sohilda 600—800 mm dan tekislik va markaziy platoda 1200—1700 mm gacha. Yirik daryolari: Mono va Oti yogʻingarchilik mavsumida sersuv. Togo koʻli goyat xushmanzara. Baland oʻsadigan savannalar, dare vodiylarida doim yashil oʻrmonlar bor. Yirik hayvonlardan fil, arslon, qoplon, kiyik, chiyaboʻri, jirafa, begemot, timsoh va b., oʻrmonda maymun, ilon koʻp. Hayvonot dunyosini mugʻofaza qilish uchun Kve, Keran milliy boglari, Fazao, Malfakasa va b. qoʻriqxonalar tashkil etilgan.
Aholisi. Togoda 45 ga yaqin xalq va etnik guruh bor; mamlakat jan. va markaziy qismida kva tillarida soʻzlashuvchi xalk^ar (eve, yoruba, mina va b.), qirlarda va ayniqsa Gana bilan chegaraga yaqin joylarda togo, shim. da chokossi xalklari, Togo shim. va markaziy qismida gur tillarida soʻzlashuvchi xalklar (kabre, gurma, tem, somba, kotokoli, basari va b.), shuningdek fransuz va livanliklar ham yashaydi. Rasmiy til — fransuz tili.
Aholining yarmidan koʻprogʻi mahalliy anʼanaviy dinlarga, qrlganlari xristianlik va islomga eʼtiqod qiladi. Shahar aholisi 30,8%. Yirik shaharlari: Lome, Sokode, Vogan, Kpalime, Atakpame.
Tarixi. Arxeologiya topilmalari Togo hududida odam qadimdan yashaganligi va moddiy madaniyat darajasi yuqori boʻlganligidan darak beradi. 15-a. oʻrtalarida portugaliyaliklar bu yerga kelib, kora tanli qullarni Amerikaga sotish uchun olib keta boshlaganlar. 17 — 18-a. larda qul savdosi avj olishi natijasida Togoning jan. da aholi kamayib, bu hol mamlakat tarixiy taraqqiyotiga salbiy taʼsir koʻrsatdi. 19-a. ning 2yarmiga kelib, yirik davlat uyushmalari (jan. da Eve uyushmasi, shim. da kotokoli va chokossi musulmon qabilalari uyushmasi) paydo boʻldi. 19-a. oxirida Togo hududini mustamlakachilar bosib ola boshladi. 1884-y. Germaniya komissari Naxtigal Togo koʻli yonidagi Eve uyushmasining hukmdori Mpla 111 bilan protektorat haqida bitim imzoladi. Natijada Togo hududining katta qismida Germaniya hukmron boʻlib oldi. 1891—1901-y. larda mamlakat jan. da mustamlakachilarga karshi qoʻzgʻolonlar boʻldi. 1jahon urushida Germaniya magʻlubiyatga uchrashi natijasida Buyuk Britaniya T. ning gʻarbiy qismini, Fransiya sharqiy qismini idora qilishga mandat oldi. 1946-y. Sharqiy va Gʻarbiy Togo BMTning Buyuk Britaniya va Fransiya boshqaruvidagi vasiylik hududi deb eʼlon qilindi. 2jahon urushidan keyin fransuz Togosida milliy mustaqillik harakati kuchaydya, unga Togo Birlik qoʻmitasi boshchilik qildi. 1956-y. fransuz Togosi Fransiya Hamjamiyati tarkibida oʻzini oʻzi boshqaruvchi respublika deb eʼlon qilindi. Britaniya Togosi 1956-y. referendum natijasida inglizlarning Oltin Qirgʻoq (1957-y. dan mustakil Gana davlati)ga qoʻshildi. 1960-y. 27 apr. da Togo mustaqil respublika deb eʼlon qilindi. Togo — 1960-y. dan BMT aʼzosi. OʻzR suverenitetini 1993-y. 10 noyab. da tan olgan. Milliy bayrami — 27 apr. — Mustaqillik kuni (1960).
Siyosiy partiyalari, kasaba uyushmalari. T. xalqi birlashmasi partiyasi, 1969-y. tuzilgan; Yangilanish uchun harakat qoʻmitasi partiyasi, 1991-y. tashkil etilgan; Adolat va demokratiya yoʻlidagi ittifoq partiyasi, 1991-y. asos solingan; Demokratiya va taraqqiyotni qoʻllab quvvatlash birlashmasi partiyasi; Yangi kuchlarni muvofiklashtirish partiyasi, 1993-y. tuzilgan. Togo mehnatkashlari milliy konfederatsiyasi, 1973-y. asos solingan.
Xoʻjaligi. Togo — agrar mamlakat. Yalpi ichki mahsulotda qishloq xoʻjaligi. ning ulushi 32%, sanoatniki 23%, xizmat koʻrsatish sohasiniki 45%.
Qishloq xoʻjaligida agʻolining 3/4 qismi band. Q. x. ga yarokli yerlar 3,5 mln. gektar. Hududining 41% haydaladigan yer va koʻp yillik ekinzorlar, 36%ga yaqini oʻtloq va yaylov. Q. x. ning asosiy tarmogʻi — dehqonchilik. Ichki ehtiyoj uchun maniok, yams, makkajoʻxori, tariq, oq joʻxori, sholi, eksport uchun kofe, kakao, ham ichki ehtiyoj, ham chetga sotish uchun paxta, moyli ekinlar, kokos palmasi, yer yongʻoq, kanakunjut va b. yetishtiriladi. Chorvachilik suyet rivojlangan. Oz mikdorda qoramol, qoʻy va echki, choʻchqa, uy parrandasi boqiladi. Dengiz, koʻl va daryolarda baliq ovlanadi. Yovvoyi mevalarni terish va ovchilikning ahamiyati katta.
Sanoatining yangi tarmoqlari mustaqillik yillarida (konchilik, kimyo, toʻqimachilik, metallurgiya, sement) vujudga keldi, sanoat ishlab chiqarish. surʼatlari oshdi. Asosan, mayda korxonalar mavjud, hunarmandchilik rivojlangan. Lome poytaxt zonasi, shu jumladan dengiz porti zonasi asosiy ishlab chiqarish. markazidir. 70-y. larning oxiridan Togoning shim. sharqiy qismida ham sanoat rivojlana boshladi. Mamlakat jan. dagi Xaxotoe, Akumape, Kpogame atroflarida fosforit, Gnaulu atrofida dolomit, marmar, dengiz sohilidagi Anexo sh. yaqinida osh tuzi qazib olinadi. Yiliga oʻrtacha 93 mln. kVtsoat elektr energiya hosil qilinadi. Ishlab chiqarish. sanoati kimyo, oziq-ovqat, toʻqimachilik, koʻnpoyabzal, poʻlat quyish, metall ishlash va b. mayda korxonalardan iborat. Lome yaqinida yiliga 1 mln. tonna neftni qayta ishlaydigan zd bor. Bundan tashqari, sement, metallurgiya, plastmassa buyumlar, kislorod va atsetilen, gugurt, lokboʻyoq ishlab chiqarish. zavodlari qurilgan. Atakpame yaqinida yigiruvtoʻquv kti ishlaydi.
Transporti. Togo uzunligi 395 km, avtomobil yoʻllari uz. 12 ming km, Lome sh. dan 9 km uzoklikda yirik dengiz porti mavjud. Havo transportida xalqaro yoʻlovchilar va pochta tashiladi. Lome sh. yaqinida Tokuen xalqaro aeroporti bor. Togo chetga fosforit, sement, qishloq xoʻjaligi. mahsulotlari chiqaradi, chetdan mashina va uskuna, kandshakar, guruch, sut mahsulotlari oladi. Asosan, Yevropa Ittifoqi mamlakatlari, jumladan, Fransiya hamda Kot dʻ Ivuar, Nigeriya va b. mamlakatlar bilan savdo qiladi. Pul birligi KFA franki.
Maorifi va ilmiy muassasalari. Togo mustaqilligi eʼlon qilingandan keyin 6 yoshdan 12 yoshgacha boʻlgan bolalar uchun majburiy boshlangʻich taʼlim joriy qilindi. Boshlangʻich maktab 6 y. lik, umumiy oʻrta taʼlim maktabida oʻqish muddati 7 y.: toʻliqsiz oʻrta maktab (kollej)da 4 y. va toʻliq oʻrta maktab (litsey) da 3 y. Hunartexnika taʼlimi boshlangʻich maktab negizida, oʻrta texnika taʼlimi toʻliqsiz oʻrta maktab negizida 3—6 y. davomida amalga oshiriladi. Boshlangʻich maktab oʻqituvchilari 2 ped. (normal) bilim yurtida 1—3 y. davomida, oʻrta maktab oʻqituvchilari esa pedagogika intida tayyorlanadi.
Oliy taʼlim Lomedagi Benin unti (1965-y. dan kollej, 1970-y. dan unt) da olinadi. Unt tarkibida tibbiyotbiol. fti, adabiyot maktabi, tibbiy fanlar maktabi, huquq va boshqaruv oliy maktabi, iqtisodiyot va biznes oliy maktabi, oliy muhandislik maktabi, oliy qishloq xoʻjaligi. maktabi, sogʻliqni saqlash va biol. fanlari inti, tibbiyot maktabi, milliy pedagogika inti, oliy jurnalistika inti bor. Toʻliqsiz oliy maʼlumot beradigan bir qancha kollejlar: Kpalimeda agronomiya sohasida kasb taʼlimi maktabi (1901), Lomeda meʼmorlik maktabi (1975), Milliy maʼmuriy maktab (1958), Sokodeda Texnika kolleji ham bor.
I. t. lar Benin unti, Demografiya muammolari tadqiqot inti, Afrika xalqaro huquq intida, Lomedagi Toʻqimachilik va paxta tadqiqot inti (1948), Milliy ilmiy tadqiqot inti (1965), Ilmiy texnika tadqiqot byurosi (1949), Tropik agronomiya tadqiqot intida olib boriladi. Milliy kutubxona, unt kutubxonasi, Milliy muzey ham bor.
Matbuoti, radioeshittirishi va telekoʻrsatuvi. Togoda nashr etiladigan gaz. va jurlar: «Jurnal ofisyel de la Repyublik Togolez» («Togo Respublikasining rasmiy gazetasi», hukumatning fransuz tilidagi kundalik xabarnomasi), «Togopress» (fransuz, eve va kabre tillarida chiqadigan kundalik gaz., 1962-y. dan), «Togo dialog» (hukumatning oylik jurnali), «Evey dyu Travayer Togole» («Togo meqnatkashlarining uygʻonishi» (1 oyda 2-marta chiqadigan gaz.,). T. matbuot agentligi 1975-y. tashkil etilgan. Togo (Xalqaro) radioeshittirishi — Lome radiosiga 1953-y., T. (Milliy) radioeshittirishiga 1979-y. asos solingan.
Meʼmorligi va tasviriy sanʼati. Togo qishloqlari koʻpincha qir yon bagʻirlariga joylashgan boʻlib, muayyan rejasiz qurilgan. Oʻrmonlar orasida doyra shaklida loydan qurilgan konussimon poxol tomli uylar uchraydi. Togli va jan. viloyatlarda uylar yogʻochdan toʻrt burchakli, tomi yassi yoki ikki tomonga nishab qilib, laguna sohillarida esa qoziq oyoklar ustiga quriladi. Shim,da atrofi devor bilan oʻralgan, bir necha 2—3 qavatli uylardan iborat qoʻrgʻonlar quriladi, Lome, Anexo, Kpalime, Sokode, SansanneMongo sh. larida maʼmuriy markazlar va yangi turar joy mavzelarida yevropacha binolar zamonaviy material hamda konstruksiyalardan qurilgan.
Togo jan. da yashovchi xalklar yogoch oʻymakorligi sohasida goʻzal sanʼat asarlari yaratganlar. Ajdodlarning siymolari, «ibeji» deb atalgan juft haykalchalar shaklining mayinligi va nozikligi bilan ajralib turadi. Temir, yogoch, loydan yasalgan haykallar (urush xudosi Guning tasviri) va muqaddas hayvonlarning tasvirlari mashxur. 1960-y. lardan milliy rassomlik maktabi vujudga kela boshladi. Yevropada va mahalliy rassomlik maktablarida taʼlim olgan rassom va haykaltaroshlar (P. Ayi, F. Sambiani, D. Gbenyon, E. Dablya, R. Dalakena, L. F. Togbunu, D. Xunse va b.) oʻz asarlarida xalklar turmushi va hayotiy muammolarni aks ettiradilar. Badiiy hunarmandlikda yogoch, metall va fil suyagi oʻymakorligi, badiiy kashtachilik, savat toʻqish keng tarqalgan.
Teatr sanʼati Togo xalqlarining madaniy merosi, chunonchi anʼanaviy urfodat va marosimlar, xalq bayramlari asosida shakllangan. Griotlar — sayyor baxshilar, xonanda va sozandalar ijodi xalq teatrini vujudga keltirish va rivojlantirishda boy manba boʻlib xizmat qildi. Ularning koʻngilochar hajviy tomoshalarida xasislik, yolgʻonchilik, riyokorlik mazax qilinardi. 20-a. ning 40-y. larida zamonaviy teatr rivojlandi. Maktablarda havaskorlik toʻgaraklari tashkil etildi. 60-y. larda havaskor teatr jamoalari paydo boʻldi. 1963-y. dramaturglar M. Aytnard va D. Ananu rahbarligida Togo yoshlarining teatr va folklor guruhi faoliyat boshladi. Lomedagi «Agokoli» yarim professional truppasi 70—80y. larda ayniqsa mashhur boʻldi. 1974-y. davlat koʻmagi bilan teatr, balet va musiqa seksiyalaridan iborat professional Togo milliy truppasi tuzildi. 1970-y. dan drama sanʼati va xalq qoʻshiqlari koʻrikfestivallari oʻtkaziladi.