SHAYBONIYXON

SHAYBONIYXON, Sulton Muhammad Shayboniyxon (1451 — 1510) — shayboniylar sulolasi asoschisi. Abulxayrxonning nabirasi, Shohbudogʻ sultonning oʻgʻli. Abulxayrxon unga Shohbaxt deb laqab qoʻygan. Otasining erta vafotidan soʻng, bobosining qaramogʻida qolgan Sulton Muxammad Shaybon Boyshayx otaligʻida voyaga yetgan. U 15-a. 80y. larida Abulxayrxon vafotidan soʻng Dashti Qipchoqning asosiy hududida oʻz hukmronligini oʻrnatmoqchi boʻlgan. Shayboniyxon 1490-y. lardan oʻzaro kurashlar va ichki nizolar tufayli tobora zaiflashib borayotgan Temuriylar hududi boʻlgan Movarounnaxrda ham oʻz hukmronligini oʻrnatish uchun harakat boshlagan. 15-a. oxiri — 16-a. boshlarida Movarounnahrga qilgan yurishlari natijasida hokimiyat boshqaruvi uning qoʻliga oʻtgan. U uzbek, fors tillarida gʻazal, ruboiylar ham bitgan. Uning ana shu gʻazal, ruboiylaridan ayrimlari va «Baxrul xudo» nomli dostoni, oʻgʻli Temur sultonga atab yozgan pandnasihatlardan iborat kitobi (yagona nusxasi Turkiyada saklangan) bizgacha yetib kelgan. Sh. Turkistonning Sigʻnoq, Sabron, Yassi sh. larini ham oʻz qoʻl ostiga kiritgan. 1504-y. Hisor, Qunduz, Badaxshon, Balx, 1505-y. da Xorazm, 1507-y. da Hirot ham Shayboniyxon qoʻl ostiga oʻtgan. Keyinroq Eronning Mashhad va Tuye sh. larini ham egallagan. 1510-y. da Marv yaqinidagi Mahmudobod qishlogʻida Eron shohi Ismoil Safaviyning 12 ming kishilik askari bilan Shayboniyxon qoʻshini oʻrtasidagi jangda uning qoʻshinlari magʻlubiyatga uchragan va Shayboniyxonning oʻzi ham halok boʻlgan. Uning boshsiz tanasi Samarqanddagi Baland Sufaga dafn qilingan. Baland Sufa Registon maydonida Tillakori va Sherdor madrasalari oʻrtasidagi burchakda joylashgan boʻlib, bu yerga keyinchalik boshqa shayboniylar ham dafn etilgan (q. Shayboniylar daxmasi).

Ad.: Istoriya Uzbekistana, t. 3, Bartold V. V., Sheybanidы Sochineniya, t. 2 (ch.2), M., 1964.

Roziya Mukminova.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x