SHAVLA

SHAVLA — ovqat turi. Shavla tayyorlash uchun goʻsht maydaroq boʻlaklarga boʻlinib, sabzi somon shaklida, piyoz parrakparrak qilib toʻgʻraladi. Krzonga yogʻ solib barcha masalliq xuddi palovning zirvagi kabi qovurilib, 2—3 dona pomidor yoki 2 osh qoshiq tomat qoʻshiladi. Masalliqyaxshi qovurilgach, suv quyib qaynatiladi, tuz va ziravorlar solib taʼmi rostlanadi. Soʻngra yuvib tozalangan guruch solib, kavlab pishiriladi. Agar guruch solinganda suvi kamlik qilsa yana qaynagan suv qoʻshish mumkin. Suvi tortilib, guruchi birbiriga qovushgach, taom tayyor hisoblanadi. Tayyor taom olovdan olinib, qopqogʻi yopilgan holda 10—15 min. «dam yediriladi». Sh. ning ichak Sh., qovurma Shavla, loviya Sh., oʻrikli (turshakli) Shavla va b. xillari mavjud. Shavla parhez taomlar guruhiga kiradi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x