SULFATLAR, tabiiy sulfatlar — sulfat kislotasining tabiiy tuzlaridan iborat minerallar sinfi. 190 ga yaqin minerali bor; ammo barqaror va keng tarkalgan Sulfatlar soni Yer pustila nisbatan kam (angidrit, barit, gips, selestin, alunit, mirabilit va b.). S. massasi boʻyicha Yer poʻstining 0,1%ni tashkil qiladi. Kimyoviy jihatdan Sulfatlar oddiy suvsiz tuzlardan yoki koʻp qismi oddiy va kristallangan suvli yoki qoʻshimcha anionli qoʻshaloq tuzlardan iborat. Oddiy tuzlar uchun ularning umumlashgan formulasi Am[SO4]pZqxH2O va qoʻshaloqtuzlar uchun AmBJSOJpZqxH2O, bunda A va V — kationlar, Z — esa qoʻshimcha anionlar (YUN], SG, [SO3]2, RO43ʻ). Muxim turlarni yuzaga keltiruvchi kationlar S. da: Gʻye (ayniqsa, Gʻye3Q), NaQ, KQ, Cu2Q, Mg2Q, Al3Q, Ca2Q, Pb2Q, Ba2Q. S. ning asosiy struktura birligi — tetraedr [SO4]2~. S. kimyoviy xom ashyo, baʼzan metall rudasi. [SOJ2~ anionlari doim boshka kationlar va anionlar bilan ajralgan holda boʻladi, shuning uchun Sulfatlar orasida orolli struktura koʻproq boʻladi. Sulfatlar strukturasi boʻyicha orolli, xalqali, zanjirli, qatlamli va b. S. ning kristallari izometrik gabitusga ega. Rangi ionxromoforlarga, mineral qoʻshimchalar va strukturalar nuqsoniga bogʻliq. Sulfatlarning zichligi 1,5— 6,9 g/sm3, suvda tez eruvchan. Qattiqligi kam, 3,5 dan oshmaydi. Deyarli barcha Sulfatlar katta suv havzalaridagi sedimentogenezda va gipergenez zonalarida xrsil boʻladi. Sulfatlar gidrotermal konlarda barit, baʼzan suvsiz Sulfatlar — angidrit, selestin va anglezit holida uchraydi. Koʻplab Sulfatlar mas, gips, broshantit, yarozit, kuporoslar vulkanlarning solfatar harakatlarida (mas, alunit) sulfid konlarining oksidlanish zonasida hosil boʻladi; baʼzi kam uchraydigan Sulfatlar (mas, xalkopirit) fumarol harakatlar natijasida paydo boʻladi. Sulfatlar kimyo sanoatida metallar (Va, Sr, R,A1) olish uchun xom ashyo sifatida; burgʻilashda — gilli eritmani (barit) ogʻirlashtirishda; rezina, qogʻoz, lokboʻyoq, shakar sanoatida; oyna va keramika ishlab chiqarish. da; qurilish ishlarida sement (gips va angidrit) tayyorlashda, farmatsevtika, charm, toʻqimachiliqda keng qoʻllaniladi. Baʼzi Sdan kaliy oʻgʻitlari olishda foydalaniladi. Oʻzbekistonda gips va angidritning Xoʻjakoʻl (Qoraqalpogʻiston), Shargʻun (Surxondaryo viloyati), Qamishboshi (Fargʻona viloyati), Qoʻngʻirtog (Samarqand viloyati) va mirabilitning Tumruq (Qoraqalpogʻiston) konlari mavjud.
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые