SHUMAN Robert Aleksander

SHUMAN Robert Aleksander (1810.8.6, Svikkau — 1856.29.7, Endenix, Bonn yaqinida) — nemis kompozitori, 19-asr musiqiy romantizmning namoyandalaridan. F. Vik (fortepiano) va G. Dorn (kompozitsiya)dan taʼlim olgan. Shuman ijodi uchun dasturlilik va inson tuygʻularini chuqur psixologik ochib berish xos. Shuman oʻz asarlarida hayot oqimini butkul aks ettirishga intilgan, har bir hodisa va taassurotni oʻziga xosligini ifoda etib, qarama-qarshi kayfiyat va obrazlardan iborat boʻlgan, keng qamrovli badiiy dunyosini yaratgan. Fortepiano asarlaridan — «Simfonik etyudlar», «Karnaval», «Fantastik pyesalar» kabi turkumlari, shuningdek, «Fantaziya», 3 sonata, konsert va boshqalar ajralib turadi. Vokal lirika tarixida Shumanning G. Geyne («Shoir sevgisi»), A. Shamisso («Ayol hayoti va sevgisi»), yilEyxendorf («Qoʻshiqlar davrasi») sheʼrlariga yozgan qoʻshiq (romans) turkumlari muhim ahamiyatga ega. Shuningdek, Shuman «Genoveva» (1848) operasi, J. Bayronning «Manfred» poemasiga musiqa, 4 simfoniya, kamer hamda xor asarlari va boshqalar muallifi. Sh. Leypsigda «Yangi musiqa jurnali»ni tashkil etib (1834), ilgʻor gʻoyalarni oldinga surgan. Shuman Sharq mavzularida kamercholgʻu («Arabcha», «Sharq manazaralari»), kamervokal («Sharq gullaridan», «MagʻribMashriq devonidan») va yirik («Jannat va Peri» oratoriyasi, 1843) asarlarini yaratgan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x