SUKRE

SUKRE — Boliviyaning rasmiy poytaxti, Chukisaka departamentining maʼmuriy markazi. Markaziy Kordilyera togʻlari yon bagʻrida, 2700 m balandlikda joylashgan. Iklimi tropik iqlim, yanv. ning oʻrtacha t-rasi 12°, iyulniki 9°, yiliga oʻrtacha 700 mm yogʻin yogʻadi. Aholisi 163,5 ming kishi (1997). Transport yoʻllari tuguni. Neftni qayta ishlash, sement, yogʻochsozlik, oziqovqat, tamaki, toʻqimachilik, koʻnpoyabzal sanoati korxonalari, issiklik elektr st-yasi mavjud. un-t (1624), nafis sanʼat, antropologiya va b. muzeylar bor. Shaharga 1538 ydaLa Plata (ispancha laplata — kumush) nomi bilan indeyslar qishlogʻi oʻrnida asos solingan. Keyinroq Chukisaka deb nomlangan (aymar indeyslari tilida — kumush togʻ). 1825-y. dan mustaqil Boliviya poytaxti. 1839-y. dan mamlakat prezidenti A. X. de Sukre nomi bilan atala boshladi. Sukreda Oliy sud binosi joylashgan. Meʼmoriy yodgorliklaridan sobor (1571), Hukumat saroyi (1892), cherkov va b. saqlangan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x