TANTIA TOPI

TANTIA TOPI (laqabi, asl ismi Ramchandra Pandurang) (taxm. 1814 — 1859.18.4) 185759-y. lardagi Hindiston qoʻzgʻolonining harbiy rahbarlaridan biri. Asosan, Kanpur, Bundenkxand, Rajputana va Gvalior viloyatlarida (Lakshmi Bai bilan birgalikda) qoʻzgʻolonchilarga boshchilik kalgan. Millati marath boʻlgan Tantia Topi brahman oilasida tugʻilgan. Yoshligida Nana Sohibnint doʻsti boʻlgan. Nana Sohib inglizlarga qarshi koʻtarilgan sipohiylar qoʻzgʻoloniga qoʻshilganda uning safdoshi, harbiy otryadlardan birining komandiri. Tantia Topining harbiy iqtidori qoʻzgʻolon markazlaridan biri — Kanpur qulagach (1857-y. iyul), namoyon boʻlgan. U gvaliorlik qoʻzgʻolonchilarga bosh boʻlib, inglizlarning general Uindxem rahbarlik qilgan harbiy kismini tormor etgan (1857-y. 28 noyab.). Gvalior yaqinida inglizlarning general Rouz qoʻmondonligidagi armiyasidan magʻlubiyatga uchragach, Dekanga ketib partizanlik urushi olib borgan. Unga xiyonat qilgan gvaliorlik zamindor Man Singh tomonidan inglizlarga tutib berilib qatl etilgan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x