SIYOSAT

SIYOSAT — davlatnn boshqarish sanʼati. Siyosat turli ijtimoiysiyosiy intlar, ijtimoiy qatlamlar, tabaka va guruhlar oʻrtasidagi munosabatlar bilan boglik. Uning moqiyatini davlat hokimiyati shakllari, uni amalga oshirish va boshqarish tashkil etadi. Siyosat keng maʼnoda jamiyatning siyosiy tizimi, siyosiy hayoti, davlat hokimiyati, uning ichki va tashki faoliyati, siyosiy tashkilotlar va harakatlarning hokimiyatga munosabati, uni boshqarishda siyosiy manfaatlarni amalga oshirishning ustuvor yoʻnalishlarini oʻzida ifoda etadi. Shunga koʻra adolatli va adolatsiz, xolis va noxolis, insonparvar yoki inson manfaatlariga zid S, demokratik va avtoritar Siyosat koʻrinishlarini boshkaruvda kuzatish mumkin.

Kddimda Siyosatga jamiyat va shahardavlat (polis)ni boshqarish toʻgʻrisidagi fan (Platon va Aristotel) sifatida karalgan boʻlsa, hoz. vaktda Siyosat deganda davlatni boshkarishning vazifa va maksadlari hamda bu maksadlarni amalga oshirish uchun mavjud yoki zarur boʻladigan ijtimoiy-siyosiy intlar, jamoat boshqarishdagi ishtiroki tushuniladi. Amaliy Siyosat odamlarning sayovchi, deputat va vazir va sh. k. sifatida davlat hayotida faol ishtirok etishini anglatadi.

Siyosat oʻz taʼsir etish obyektiga koʻra 2 ga: ichki va tashqi Siyosatga boʻlinadi. Siyosat ijtimoiy hodisa sifatida jamiyat hayoti sohalari: iqtisodiy, ijtimoiy, milliy, ilmiytexnikaviy, ekologiya, madaniyat, harbiy va b. sohalarni qamrab oladi. Shu tarzda iqtisodiy S, ijtimoiy S, milliy S, demografik S, agrar S, texnikaviy S, ekologik S, madaniy S, kadrlar Si, harbiy Siyosat va b. yoʻnalishlarda namoyon boʻladi. Siyosat subyektlari orqali ham ifodalanadi. Mac, davlat Si, partiyalar va jamoat birlashmalari va harakatlari Si va h. k.

Siyosatni tushunishga turli xil yondoshuvlar bor. Ular teologik, tabiiy, sotsial, ratsionaltanqidiy yoʻnalishlarda Siyosatning tabiatini tushunish va tushuntirish bilan bogʻliq qarashlardir. Mustabid Sovet davrida Siyosatni ijtimoiysinfiy nuqtayi nazardan tushunish, uning ustuvor yoʻnalishini belgilaщsa muayyan ijtimoiy qatlam (proletariat) manfaatidan kelib chiqqan holda baholash odat boʻlgan. Bunday yondoshuv Siyosatning mohiyatini noxolisona tushunishga olib keddi va inson Siyosatning passiv obyektiga aylantirildi. Natijada inson Siyosat bilan emas, balki Siyosat inson bilan shugʻullana boshladi. Oxir oqibatda Siyosat sinfiy manfaatlar asosida haddan tashqari mafkuralashib ketdi. Siyosat demokratik, umuminsoniy tamoyillardan ajratilib, milliymaʼnaviy xususiyatlarni hisobga olmaydigan holga keltirildi, asl mohiyatiga zid boʻlgan maʼno kaob etdi. S . «boshqarish sanʼati»ga emas, aksincha, zoʻrlik, taʼkib etish vositasiga aylandi. Davlat boshkaruvida manfaatlar uygunligi buzildi. Siyosiy xayotda «davlat — jamiyat — inson» munosabati qaror topib, davlat manfaati jamiyat va inson manfaatidan ustun boʻlib qoldi.

Mustaqillik tufayli Oʻzbekiston Respublikasining davlat Si yangicha maʼno va mazmun kasb eta boshladi. Bu S, avvalo, Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga asoslanmoqda. Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti, Vazirlar Mahkamasi, Oliy Majlis siyosiy intlar faoliyati orkali amalga oshirilmoqda. Mamlakatimizda demokratiyaning umuminsoniy prinsiplariga rioya qilinishi, ularga koʻra inson, uning hayoti, erkinligi, shaʼni, qadrqimmati va b. daxlsiz huquqlari oliy qadriyat hisoblanadi. Bu hol bugungi Oʻzbekiston olib borayotgan Siyosatning asosiy mohiyatini, uning insonparvar Siyosat ekanligini belgilaydi.

Ad.: Karimov I. A., Oʻzbekiston — kelajagi buyuk davlat, T., 1993; Leviti n L., Oʻzbekiston tarixiy burilish pallasida, T., 2001.

Ibodulla Ergashev.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x