SATURN

SATURN — Qad. Rim mifologiyasida ekinlar xudosi, dehqonchilik homiysi. S. Italiyaning juda qad. podshosi hisoblangan, u xalqni dehqonchilikka, sohibkorlikka oʻrgatgan. Uning davri yalpi tenglik, maʼmurchilik va tinchlik barqaror boʻlgan «oltin asr» zamonasi edi. Saturn sharafiga har yili dek. oyida dabdabali va quvnoq saturnaliya bayrami oʻtkazilgan. Saturn uzun soqolli va qoʻlida oʻrogʻi boʻlgan odam shaklida tasvirlangan. Mil. av. 3asr oxiri va 2-a. boshidan Saturnga sigʻinish yunonlar xudosi Kronosga sigʻinish bilan qoʻshilib ketdi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x