SARTEPA

SARTEPA — qadimgi qalʼaqoʻrgʻon xarobasi (mil. 1—8-a. lar). Andijon viloyati Balikchi tumani markazidan 1,5 km jan. da Qoradaryo oʻzanida joylashgan. Ilk bor Davan podsholigi paytida paydo boʻlgan, soʻngra kengayib dehqonchilik vohasining oʻziga xos markaziga aylangan. Bunga uning qulay geografik qududda — Qoradaryoning unumdor oʻzanida joylashgani sabab boʻlgan boʻlishi kerak. Hoz. yodgorlikdan ark qism va uning yaqinida ikkita mayda tepa saqlanib qolgan. Ark mayd. 1,7 ga boʻlib, undagi madaniy qatlam qalinligi 6,5 m ni tashkil etadi. Sartepa 4 tomondan qalin paxsa devor bilan oʻrab olingan. Sharqiy devor tomonda darvoza oʻrni koʻrinib turadi. Arxeologik qazishlar natijasida uchta qurilish davriga oid meʼmoriy qoldiqlar va ashyoviy dalillar aniklangan. Yodgorlik 8-a. boshlarida arablar bosqini paytida buzib yuborilgan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x