SARBAST

SARBAST (fors. — ozod, erkin) — oʻzbek sheʼriyatidagi 3 sheʼriy tizimning biri. 20—30y. larda, yangi badiiy izlanishlar jarayoni kechgan bir vaqtda turk, tatar va rus sheʼriyati taʼsirida oʻzbek adabiyotiga kirib kelgan. Oʻrta asrlardagi diniyliturgiya sheʼriyatiga xos boʻlgan ozod sheʼr shakli dastlabki nemis romantiklari, U. Uitmen va fransuz simvolistlari tomonidan qayta tiklanib, 20-a. jahon sheʼriyatida ommaviy tuye olgan. Fransuz sheʼriyatida «verlibr», rus sheʼriyatida «svobodniy stix» deb atalgan bu sheʼr shakliga oʻzbek shoirlari «Sarbast» deb nom berdilar. Barmoq sheʼr tizimining koʻrinishlari boʻlgan oq sheʼr va erkin sheʼrdan farqli oʻlaroq, bu sheʼr shakllariga xos ritmik birlik, vazn, qofiya, turok, va b. unsurlarga ega emas. Sarbastda xistuygʻuning obrazlashgan ifodasi boʻlishi, sheʼriy ohang (intonatsiya), soʻz va iboralarning oʻziga xos qurilishi, sheʼriy sintaksis va sheʼriy sanʼat vosita (takror, akstakror, tovush tovlanmalari va b.)laridan mahorat bilan foydalanish muhim ahamiyatga ega. Sheʼriy nutqning bunday unsurlari mazmun b-n uygʻun boʻlgan holdagina Sarbast emotsional taʼsir kuchiga ega boʻladi. Oʻzbek sheʼriyatida Oybek, Mirtemir, Rauf Parfi, Shavkat Rahmon, Usmon Azim kabi shoirlar Sarbastning yorqin namunalarini yaratganlar.

Ad..Mamatova A. N., Oʻzbek sheʼriyatida sarbast, T., 2000.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x