SANʼAT INSTITUTI

SANʼAT INSTITUTI, Mannon Uygʻur nomidagi Toshkent davlat sanʼat instituti — drama, musiqali drama va qoʻgʻirchoq teatrlari uchun aktyor, rej. lar hamda kino uchun kinoaktyor, operator, kino rej. lar, teatr va kinoshunoslar va b. yuqori malakali sanʼat mutaxassislarini tayyorlovchi oliy oʻquv yurti. 1945-y. Toshkent sh. da Oʻrta Osiyo davlat teatr sanʼati in-ti sifatida tashkil etilgan. 1948-y. rus dramaturgi A. N. Ostrovskiy (1823—86) nomi berilgan. 1991-y. dan oʻzbek teatr arbobi Mannon Uygʻur nomida. 1954-y. in-t huzurida rassomlik fti ochilib, Teatr va rassomlik sanʼati in-tiga aylantirilgan. 1987-y. dan Intda mutaxassis tayyorlash doirasi yanada kengayib, maxsus kinotelevideniye rej. ligi, operatorlik, sanʼat jurnalistikasi ixtisosliklari buyicha kadrlar tayyorlash yulga qoʻyildi. 1997-y. dan rassomlik sanʼati fti mustaqil in-t maqomida ajralib chikdi (q. Milliy rassomlik va dizayn instituti) va in-t hozirgi nomi b-n atala boshladi. In-tda 5 ta ft (teatr sanʼati; kino, televideniye sanʼati va radio; sanʼatshunoslik va qoʻgʻirchoq teatri sanʼati; sirtdan oʻqish; malaka oshirish) mavjud; magistratura, aspirantura, ilmiy kengash faoliyat kursatadi. 2002/03 uquv yili 765 ta talaba taʼlim oldi; 100 dan ziyod pedagog, shu jumladan, 9ʻfan d-ri, 10 professor, 42 fan nomzodi va dotsent ishlaydi (2004). Int faoliyati turli yillarda ishlagan Mannon Uygʻur, Ya. Bobojonov, S. Tabibullayev, L. Xujayeva, Q. Xoʻjayev, A. Ginzburg, N. Timofeyeva, Yu. Ioffe, I. Rubinshteyn, I. Akbarov, Sanʼat instituti Veksler kabi yetakchi olimpedagoglar nomi bilan bogʻliq. In-tda taʼlim olgan rej. lardan T. Xujayev, O. Chernova, Sh. Abbosov, B. Yoʻldoshev, teatrshunoslardan M. Rahmonov, M. Krdirov, T. Tursunov, T. Bayandiyev. T. Islomov, S. Tursunboyev, M. Tulaxujayeva, aktyorlardan 3. Muxammadjonov, R. Hamroyev, Ya. Abdullayeva, T. Azizov, B. Zokirov, N. Ansatboyev, R. Ibrohimova, Yo. Ahmedov, E. Komilov, P. Saidkosimov, G. Jamilova va b. respublika sanʼati rivojiga munosib hissa qoʻshdi.

Toshpoʻlat Tursunov.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x