TUYAMOʻYIN DASHTI

TUYAMOʻYIN DASHTIAndijon va Fargʻona viloyatlari hududidagi dasht. Gʻarbda Muyan va Arsif, shim. da Qorachatir tizmalari, sharkda Ulugʻtogʻ, jan. da Qizilqiya adirlari oraligʻida. Geologik jihatdan adirlar oraligʻidagi botiq. Uz. 36—38 km, eni 28 km. Paleozoy, mezozoy va kaynozoy yotqiziqlari keng tarqalgan. 1—5 km chuqurliqda boʻr davri yotqiziqlari uchraydi. Ustki qismi toshshagʻal jinslardan tuzilgan. Gʻarbga tomon qiya. Iqlimi kontinental. Iyulning oʻrtacha trasi 28°, eng yuqori tra 40°. Qishi iliq, yanv. ning oʻrtacha trasi —2°, eng past tra —16°. Vegetatsiya davri 180 kun. Yillik yogʻin 200—250 mm, asosan, bahor oylarida yogʻadi. Tuprogʻi tipik boʻz tuproq. Oʻsimliklari shuvoq, burgan hamda efemerlardan iborat. Dashtning oʻzlashtirilgan qismida tamaki, makkajoʻxori ekiladi, bogʻdorchilik bilan shugʻullaniladi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x