TUTANXAMON

TUTANXAMON (taxtga oʻtirgandagi ismi — Nebxeprura) — Misrda Yangi podsholik davri (18sulola)da mil. av. taxm. 1347—1337-y. larda hukm surgan firʼavn. Firʼavn Amenxotep IV (Exnaton)ning Nefertititsan tugʻilgan 3qizi Anxesenpaatonga uylangan. Ehtimol Amenxotepning ukasi ham boʻlgan. Taxm. 12 yoshida Tutanxaton (Atonning jonli obrazi degani) nomi bilan taxtga oʻtirib, 20 yoshga toʻlmasdan vafot etgan. Hokimiyat amalda vazir Eye va b. amaldorlar qoʻlida boʻlgan. Tutanxamon davrida Exnatonning diniy islohotlari bekor qilingan. Amon kultiga sajda qilish tiklank*ih, T. ning oʻzi Tutanxamon ismidan voz kechib, firʼavn qarorgohini Exetatondan Fivaga qaytargan.

Tutanxamonning shoxlar vodiysidagi maqbarasi 1922-y. ingliz arxeologi G. Karter tomonidan topilgan. Maqbara oʻgʻriqaroqchilar tomonidan talanmagan. Undan Tutanxamonning oltin sarkofagidan tashqari, yosh firʼavn tirikligida yaxshi koʻrgan sanʼat asarlari va uning qurol, buyumlari: oltin niqobi, rafiqasi Anxesenpaatonning tasviri, firʼavn 2 gʻildirakli jang aravasi ustida aks ettirilgan haykalcha, oltin, ganch, qora va qizil yogʻochlardan ishlangan haykalchalar, oʻqyoy, xanjar, quticha, oʻrindiq va b. buyumlar topilgan. Bu noyob sanʼat asarlari jahonning koʻpgina mamlakatlarida namoyish etilgan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x