TURFON

TURFON, Tulufon — Xitoyning shim. gʻarbiy qismidagi shahar, SinszyanUygʻur muxtor rnida, Turfon soyligining shim. chekkasida joylashgan. Aholisi 200 ming kishidan ziyod (1990-y. lar oʻrtalari). Neftni qayta ishlash va oziq-ovqat, sement, sanoati korxonalari bor.

Mil. av. 2-a. da Turfon hunlarga tobe boʻlgan, 6-a. oxiridan Turk xokrnligi. tarkibida, keyinchalik Uygʻur xonligi poytaxti. 1209-y. da moʻgʻullar egallagan. Moʻgʻuliston xoni Vaysxon davrida (1418—25) Turfon iqtisodiy va madaniy jihatdan ancha yuksalgan. 15—17-a. larda Chigʻatoy xonlari qarorgohi boʻlgan. 1758-y. da xitoylar bosib olgan va Turfon aholisining koʻpchiligi Uch shahri (Uchturfon)ga koʻchirilgan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x