BALTIMOR

BALTIMOR — AQSHdagi shahar va port, Merilend shtatida, Atlantika okeanining Chesapik qoʻltigʻi sohilida. Aholisi 2 mln. kishi (shahar atrofi b-n birga, 1990). Baltimor AQSHning muhim transport, savdomoliya, sanoat va madaniy markazlaridan. Qora va rangli metallurgiya, mashinasozlik (asosan kemasozlik, elektrotexnika, radioelektronika, aviaraketa), neftni qayta ishlash, kimyo, oziq-ovqat sanoati rivojlangan. Baltimor porti umumiy yuk oboroti boʻyicha mamlakatdagi portlar orasida oldingi oʻrinda turadi. Baltimorda un-tlar, konservatoriya, ilmiy muassasalar, muzeylar bor. Aeroporti xalqaro ahamiyatga ega. Baltimorga 1729-y. da asos solingan. Potomak daryosi boʻyida birinchi koloniya barpo etgan lord Baltimor nomiga qoʻyilgan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x