«GURLANTEKS» AKSIYADORLIK JAMIYATI — yengil sanoat korxonasi. «Oʻzbekengilsanoat» davlat uyushmasi tarkibiga kiradi. 1997-y. da Xorazm viloyati Gurlan sh. da ishga tushirilgan. Asosan paxta matosi, erkaklar, ayollar, bolalar trikotaj kiyimlari, sport kiyimlari ishlab chiqaradi. Yillik loyiha quvvati 2500 t mato, shuningdek, 5,5 mln. dona trikotaj kiyimlari. Korxonaning loyihalash va qurilish ishlari Turkiyaning «Yazeks» korporatsiyasi ishtirokida amalga oshirilgan boʻlib, Turkiya, Shveysariya, Italiya yirik firmalarining zamonaviy texnologiyasi va jihozlari bilan taʼminlangan. Korxona oʻz mahsulotlarini eksportga chiqaradi.
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые