GULMOYI (gulmohi) , guldor baliq, xoldor baliq, forel — chuchuk suvda yashaydigan lososlar (Salmo trutta) kenja turlarining umumiy nomi. Dengizlarda yashovchi kenja turlari kumja yoki lososlar deb ataladi. Tanasi va suzgichlari mayda rangli dogʻlar bilan qoplangan. Boshqa lososlar singari urchish davrida tanasining shaqli va rangi oʻzgaradi: jagʻlari uzayadi va qiyshayadi, erkagining tanasida qizgʻish dumaloq dogʻlar paydo boʻladi. Gulmoyi rivojlanish davrida chuchuk suvlarni tark etmasligi bilan oʻtkinchi lososlardan farqqiladi. Ikkinchi kenja tur: koʻl G. si (S.t.lacustris) va daryo G. si (S.t.fario) kenja turlarini hosil qiladi. Koʻl Gulmoyisi Rossiyaning shim.-sharqida, Finlyandiya, Shvetsiya, Norvegiya hamda Kaspiy va Qora dengiz havzalaridagi kullarda tarqalgan. Ogʻirligi 8—10 kg gacha, urchish davrida urgʻochisi tanasining yon tomoni kumushrang, qorni toʻq qoʻngʻir boʻladi; erkagining yon tomonida alvon rang chiziq koʻzga tashlanadi, terisidagi dogʻlari guldor boʻlib qoladi, orqa suzgichi qorayib krrin suzgichi qizgʻish yoki alvon tusga kiradi. Koʻl Gulmoyisi daryoga oʻtib uvildiriqtashlaydi. Tuxumdan chiqqan chavoqlarining bir qismi koʻlga oʻtadi, koʻpchiligi esa daryoda qolib, daryo Gulmoyi siga aylanadi. Daryo Gulmoyisi ancha mayda, ogʻirligi 200—500 g, baʼzan 2 kg gacha, tanasi rangdor, orqasi qora, qorni oq yoki sargʻish-tillarang, tanasi va suzgichlari qora, qizil va alvon rangli dogʻlar bilan qoplangan. Daryo Gulmoyisi Yevropa va Osiyoda, jumladan Sirdaryo, Amudaryo va b. daryolarning yuqori oqimida koʻp uchraydi. Koʻl va daryo Gulmoyisi akklimatizatsiya qilinadi, sunʼiy kupaytiriladi. Koʻl Gulmoyisi ovlanadi, daryo Gulmoyisi sanoat ahamiyatiga ega emas , faqat qarmoq bilan ovlanadi.
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые