BOGOTA

BOGOTA, Santa-Fe-de-Bogota — Kolumbiya poytaxti. Sharqiy Kordilyera togʻlarining gʻarbiy yon bagʻridagi soylikda (2500 m) joylashgan. Kundinamarka departamenti maʼmurii markazi, alohida maʼmurii birlikpoytaxt okrugini tashkil qiladi. Aholisi 6 mln. dan ortiq (1997, shahar atrofi b-n). Muhim transport yoʻllari tuguni. Xalqaro Eldorado aeroporti bor. Eng issiq oyning oʻrtacha t-rasi 15°, eng sovuq oyniki — 14°. B. ga 1538-y. da ispanlar asos solgan. 1598-y. dan ispan generalkapitan ligining, 1739-y. dan Yangi Granada vitse-qirolligining poytaxti. 1819-y. da Bogota ispanlardan ozod qilindi va Yangi Kolumbiyaning poytaxtiga aylantirildi. 1831-y. dan Yangi Granadaning, 1863-y. dan Kolumbiya Respublikasining poytaxti.

Bogota mamlakatning iqtisodiy, siyosiy, madaniy va savdo markazi. Oziq-ovqat, toʻqimachilik, poyabzal, tikuvchilik, elektrotexnika, poligrafiya, mashinasozlik, farmatsevtika, kimyo va b. sanoat korxonalari bor. Bogota yaqinida rezina shinalar va soda ishlab chiqariladi, zumrad olinadi. Ispanlar mustamlakachiligi davrida va undan keyin qurilgan bir necha meʼmoriy yodgorliklari saqlangan: Katta sobor (1823-y. da qurib bitkazilgan), SanFransisko sobori (1569—1622), Milliy kapitoliy binosi (1847—1926) va b. B. da. oliy oʻquv yurtlari, jumladan Kolumbiya milliy un-ti va b. untlar, Kolumbiya akademiyasi, Milliy muzey, Milliy arxeologiya va etn. muzeyi, mustamlaka davri sanʼati muzeyi, Oltin muzeyi (indeyslarning qad. oltin buyumlari), Milliy kutubxona, astronomiya rasadxonasi bor.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x