BABUIN

BABUIN, sariq maymun (Papio cynocephalus) — pavianlar urugʻiga mansub maymunlarning bitta turi. Tanasining uz. 75 sm, dumi 60 sm gacha. Afrikaning Angoladan boshlab Shim. Mozambikkacha boʻlgan hududlarida, shuningdek Keniya va Jan. Somalida tarqalgan. Togʻ va dashtlarning daraxtlar boʻladigan joylarida yashaydi. Kechasi daraxtlarga chiqib yotadi, kunduzi faol hayot kechiradi. Juni och sariq boʻlganidan sariq maymunlar ham deb ataladi. Babuin oʻsimliklar ildizi, mevasi va yosh novdalari, har xil hasharotlar bilan oziqlanadi. Oʻsimliklar bilan oziqlanishi tufayli q. x. ga birmuncha ziyon keltiradi. Babuin qoʻlga tez oʻrganadi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x