GIL, soz loy — choʻkindi togʻ jinsi; 0,01 mm dan kichik subkolloid va kolloid zarrachalardan tashkil topadi. Shuning uchun Gil yuqori gigroskopiklik xususiyati va nam sigʻimiga, koʻp boʻkish, katta yopishqoqlik, qovushqoqlik xususiyatlariga ega. Suvda tez boʻkib, qovushqoq massa hosil qiladi, quriganda esa namligidagi shaklni saqlab qoladi. Gil har xil togʻ jinslarining nurashidan hosil boʻlgan mahsulotlarning dengiz hamda koʻl havzalari ostida yotqiziqlar hosil qilishi natijasida paydo boʻladi; katta chuqurlikdagi qatlamlarda u haddan tashqari qattiq berch Gil li jinslarga aylanadi. Mineralogik tarkibiga koʻra G. kaolinit, montmorillonit, galluozit va b. minerallardan iborat. Oʻzbekistonning sugʻorma dehqonchilik hududlarida tarqalgan tuproqlar tarkibidagi kaolinit, montmorillonit koʻproq oʻrganilgan. Bunday mineralli Gil tuproqda yaxshi suv va ozuqa rejimini vujudga keltiradi hamda uni donador qiladi. Shuning uchun qumli va toshli tuproqlar unumdorligini oshirish maqsadida ularga tarkibida koʻp organik modda tutuvchi Gil li minerallar (mas, bentonit) solinadi.
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые