GIPERBOLOIDLAR

GIPERBOLOIDLAR (giperbola va yun. eldos — koʻrinish) — ikkinchi tartibli markaziy sirtlar. Bir pallali va ikki pallali Giperboloidlar boʻladi. Bir pallali Giperboloidlar chiziqli sirtlar turkumiga taalluqli; uning har qanday nuqtasi orqali shu bir pallali Giperboloidlar sirtida yotadigan ikki toʻgʻri chiziq oʻtadi (bular toʻgʻri chiziqli yasovchilar deyiladi). Uni turli tekisliklar b-n kesganda kesimda har xil 2-tartibli egri chiziqlar: ellips, giperbola hamda bir-biri bilan kesishuvchi toʻgʻri chiziklar xosil boʻladi. Giperboloidlarning amaliy ahamiyati katta (mas, rus ixtirochisi V. G. Shuxov (1859 — 1939) tizimidagi radiominora bir pallali Giperboloidlar shaklida yasalgan).

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x