GINZBURG Aleksandr Osipovich

GINZBURG Aleksandr Osipovich (1916, Mariupol — 1973.23.6, Toshkent) — teatr rejissyori. Oʻzbekistan xalq artisti (1959). Toshkent yosh tomoshabinlar teatri (1946—51), Hamza teatri (195158, 1960-65, 1971-73), Toshkent rus drama teatri (1958—60) bosh rej. Toshkent davlat sanʼat in-tida oʻqituvchi (1951—65). Sahnalashtirgan spektakllari: «Dengizdagilar sharafiga», «Aybsiz aybdorlar», «Yulduzlar jamoli» (T. Xoʻjayev bilan hamkorlikda), «Turkiya haqida qikoya» (A. Turdiyev bilan hamkorlikda), «Ogʻriq tishlar», «Qaroqchilar». «Soʻnggi pushaymon», «Gang daryosining qizi», «Jazoir — mening Vatanim», «Yuliy Sezar», «Mirzo Ulugʻbek», «Tobutdan tovush», «Nomaʼlum kishi», «Qonli sarob», «Qashshoq qalb egasi» va b.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x