GARVARD MAKTABI

GARVARD MAKTABIGʻarb mamlakatlari siyosiy-iqtisodida 1-jahon urushidan soʻng vujudga kelgan yunalish. Statistik va matematik taxlil usullarini qoʻllagan holda iktisodiy sikl tabiati va xoʻjalik konyunkturasini oʻrganish bilan shugʻullangan. 1917-yilda AQSHning Garvard un-ti qoshida tashkil etilgan Iqtisodiy tadqiqotlar qoʻmitasi tevaragida shakllandi. Uning taniqli vakillaridan biri — U. Mitchell. G. m. iktisodiy tushkunlik kuchaygan davrda, iktisodiy boʻhronlarni bartaraf etish vositalarini izlash muhim muammoga aylangan sharoitlarda yuzaga keldi. 20-a. da Garvard maktabi qarashlari Buyuk Britaniya, Fransiya, Germaniya, Italiya, Avstriya, Polsha kabi davlatlarda keng tarqaldi (20-y. larda bu mamlakatlarda iqtisodiy bashorat maqsadlarida statistik materiallarni oʻrganadigan konyunktura in-tlari tashkil etilgan). Garvard maktabi obyektiv iqtisodiy qonunlarni inkor etishga olib keladigan «inqirozsiz sikl» gʻoyasini ilgari surdi. Garvard maktabi karashlariga koʻra, iqtisodiy yuksalish va inqirozlarning asosiy sababi pul tizimidagi oʻzgarishlar boʻlib, pul tizimi faoliyatini tartibga solish bilan iqtisodiy inqirozlarning oldini olish mumkin.

Hoz. Gʻarb siyosiy iqtisodiyotida Garvard maktabining inqirozlarni bartaraf etish mumkinligi, bu maqsadlarda davlatning iqtisodiyotga aralashuvi va boshqariladigan kapitalizm nazariyasi gʻoyalari keng yoyilgan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x