AND TOGʻLARI

AND TOGʻLARI (ink xalqlari tilida anta — mis konli togʻlar) — dunyodagi eng uzun (qariyb 9000 km) va eng baland (6960 m) togʻ tarmoqlaridan biri. Eni 800 km gacha. And togʻlari Jan. Amerikani butun uzunligi boʻylab gʻarb tomonidan oʻrab turadi. And togʻlari shim. dan janubga ni-hoyatda uzun masofada (66°ga) choʻzilib ketganligidan tuproq va oʻsimlik qoplami ham turlicha, vertikal mintaqalar aniq namoyon boʻlgan. Tez-tez zil-zila boʻlib, vulkanlar (Kotopaxi, Misti, Maypu) otilib turadi. And togʻlari bir – gʻ birlariga parallel boʻlgan va meridian P boʻylab choʻzilgan tizmalardan iborat. – I Shim. da Karib dengizi sohillari boʻylab ikki qator (bal. 2765 m gacha), shim.-gʻarbida 4 qator (bal. 5800 m gacha) tizma joylashgan. Tizmalarni chuqur tektonik botiqlar va ichki yassi togʻliklar bir-biridan ajratib turadi. Ekvadorda ikki qator vulkan togʻlari togʻ oraligʻidagi botiqlarni oʻrab turadi. Peruda bal. 6768 m gacha boʻlgan togʻlar va 4200 m gacha koʻtarilgan platolarni daryolar chuqur oʻyib yuborgan. Markaziy And togʻlari tizmalarining oʻrtacha bal. 4000 — 5000 m. Platolar keng va juda baland (4000 m chamasida). Bosh Kordilyera togʻlaridagi Akonkagua togʻi (6960 m) — Gʻarbiy yarim shardagi eng baland choʻqqi. Kirgʻoq boʻyi tizmasi choʻzilgan, sharqda esa palaxsali togʻlar joylashgan. Qor chizigʻi jan. da 500 — 1500 m, markaziy qismida 6500 m, shim. da 4700 m bal. dan oʻtadi. Jan. qismlarida katta muzliklar okeangacha tushib keladi. And togʻlaridan Amazonka va uning irmoklari Orinoko va b. boshlanadi. And togʻlarining markaziy qismida Titikaka, Poopo balandtogʻ koʻllari bor. A. t. 6 xil iqlim zonasida joylashgan. Venesuela va Gʻarbiy Ekvadorda tropik iqlim, qish quruq keladi, siyrak oʻrmonlar oʻsadi. Jan. ga tushgan sari choʻl zonasi subtropik, moʻtadil choʻl va dasht landshaftlari bilan almashinadi. And togʻlari asosan alp burmalanishi davrida shakllangan (sharqiy qismida undan ham qadimgiroq jinslar mavjud). Gogʻlarda 30 dan ortiq qarakatdagi vulkan (Kotopaxi, Osorno, Sangay va b.) mavjud. And togʻlarida foydali kazilmalardan kam uchraydigan va rangli metallar, gʻamda neft, selitra, oltingugurt, asbest, mis, qalay, kumush, qoʻrgʻoshin, pyx, volfram, vanadiy, surma, vismut, mishyak va b. konlar bor. And togʻlari shimoliy qismining shamolga roʻpara gʻarbiy yon bagʻri — togʻ qizil tuproqli yerlar barg toʻkuvchi oʻrmonlar b-n, janubga tomon laterit tuproqli yon bagʻirlar sernam ekvatorial va tropik oʻrmonlar hamda jigarrang tuproqli yerlar doim quruq subtropik oʻrmonlar va butazorlar bilan qoplangan. Ichki baland platolar esa oʻtloq (paramos), quruq baland togʻ tropik choʻllar (xalqa) va choʻldan iborat. And togʻlari kartoshka, xin daraxti va b. foydali oʻsimliklar vatani. Hayvonot dunyosi xilma-xil: lama, koʻzoynakli ayiq, magellan iti, shinshilla, tulki, turli xil kemiruvchilar va qushlardan — kondor yashaydi. And togʻlarida Sahama (Boliviya), La-nin (Argentina), Los-Paraguas (Chili) va b. milliy parklari bor.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x