AMPLITUDAVIY ANALIZATOR — elektr impulyelar amplitudalarining taqsimlanish qonuniyatini topish uchun ishlatiladigan qurilma. Amplitudaviy analizator yordamida, odatda, tasodifiy impuls jarayoni amplitudasining shu amplituda oraligʻida paydo boʻlgan impulslar soni boʻyicha taqsimlanishi taxlil qilinadi. Amplitudaviy analizator eksperemental fizikada har xil nurlanish zarrachalari energiyasining taqsimlanishini tahlil qilishda, uzluksiz tasodifiy jarayonni tekshirishda, radiolokatsiya va radioaloqada signallarning murakkab shaklini taxlil qilishda ishlatiladi.
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые