AMMOFOS — tarkibida azot bilan fosfor boʻlgan konsentrlangan mineral oʻgʻit. U asosan monoammoniyfosfat va qisman diammoniy-fosfat aralashmasidan iborat. Donador Ammofos tarkibida kamida 10% azot, koʻpi bilan 45% fosfor angidrid bor. A. da ballast komponentlar boʻlmaydi. Suvda eriydi, fizik xususiyatlari yaxshi. Ammofosni har xil tuproqlarda qoʻllash mumkin. Gʻoʻzaga ekishdan oldin (shudgorlashda, bahorgi haydashda, ekish oldidan, ekish vaqtida), gullash oldidan yoki gullagan vaqtida solinganida ham samarali. Oʻzbekistonning paxtakor xoʻjaliklarida fosforli oʻgʻitlar yillik normasining 80% ni Ammofos tashkil etadi, chunki u boshqa murakkab konsentrlangan azotli-fosforli oʻgʻitlarga qaraganda samaraliroq. «Ammofos» i. ch. birlashmasi (Olmaliq kimyo z-di) va Samarqand kimyo z-dida ishlab chiqariladi.
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые