“O`o`u qonday, ashi-mashi yurishibdimi?
Saka diskali mashinangizda ashettan tikka bosib ketovrasiz.
Assalomu alaykum, o`zbegimizning o`zbekona qizlariga.
Oyoqda kalish, qo`lda gitara, ketovramiz endi, a labbay?”
Sovchilikka borganda qo`shnim bilan onam,
O`zbekona kutib olar bay bo`yi xolam.
Halima xolaning xulqi odobli, muloyim
To`qqiz qizi bor ekan, chiroyli, guloyim.
Biri samovarda mehmon uchun o`tin yoqar,
Yana biri doshqozonda palovto`ra boshlar.
Katta qizi kaminaga juda, biram mos-mos,
Yo`llariga poyandoz supurgi-yu hokandoz.
Dilnoza, Go`zal, Ra’no,
Sayra, sen Laylo-ku barno.
Sani bilmayman, mani san bilmaysan,
Sanmi Barno yoki Shahlo?
Dilnoza, Go`zal, Ra’no,
Sayra, sen Laylo-ku barno.
Sani bilmayman, mani san bilmaysan,
Shahlo-ye, Laylo-ye.
Oyog`imda kalishim, qo`limda gitara,
Hovlisiga kiraman-u chekmasdan sigara.
Hamma hayron, yoqasini tishlagancha qolib,
Chapani o`zbekman, ketaman qizingiz olib.
Samovardan choy damlaydi,
Mani ko`rib havas qilmaydi.
Samovardan choy damlaydi,
Qorami, ko`k, o`zi bilmaydi.
Dilnoza, Go`zal, Ra’no,
Sayra, sen Laylo-ku barno.
Sani bilmayman, mani san bilmaysan,
Sanmi Barno yoki Shahlo?
Dilnoza, Go`zal, Ra’no,
Sayra, sen Laylo-ku barno.
Sani bilmayman, mani san bilmaysan,
Shahlo-ye, Laylo-ye. (x1+x2)
Ushbu qo`shiq matni uchun Bayram O`serov (bayko)ga minnatdorchilik bildiramiz.