Bojalar guruhi — Gulnoram

Majnuntol tagida, anhorlar bo`yida
Kutaman, go`zal Gulnoram-Gulnoram.
So`zlaring chevarligi, vijdoning pokligi
Sog`inib kutar bo`ldim man, Gulnoram.

Mening ko`zim to`lib yoshga,
Bag`rim bosib bemehr toshga,
Sochin silab majnuntolning,
Kuydim sendek qalamqoshga.

Yorim, sani dildan sevdim,
Jonim, sani sevib kuydim.
Mani goh-goh eslab yurgin,
Sevgim mani, ovunchog`im.

Gulnoram-Gulnoram, asalim Gulnoram,
Gulnoram-Gulnoram, shirin Gulnoram.
Gulnoram-Gulnoram, kuyma Gulnoram,
Gulnoram-Gulnoram, ezilma Gulnoram.

Mana bahor fasl, keldi gullar ochib,
Lek hamon yonimda yo`qsan, Gulnoram.
Mana yoz, kuz fasl, to`kildi barglar kuyib,
Lek hamon yonimda yo`qsan, Gulnoram.

Mening ko`zim to`lib yoshga,
Bag`rim bosib bemehr toshga,
Sochin silab majnuntolning,
Kuydim sendek qalamqoshga.

Yorim, sani dildan sevdim,
Jonim, sani sevib kuydim.
Mani goh-goh eslab yurgin,
Sevgim mani, ovunchog`im.

Gulnoram-Gulnoram, asalim Gulnoram,
Gulnoram-Gulnoram, shirin Gulnoram.
Gulnoram-Gulnoram, kuyma Gulnoram,
Gulnoram-Gulnoram, ezilma Gulnoram. (x1+x2)

Ushbu qo`shiq matni uchun Bayram O`serov (bayko)ga minnatdorchilik bildiramiz.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x