BESHQARSAK

BESHQARSAK, qarsak— erkaklar davra oʻyinqoʻshigʻi. Oʻzbek va tojik xalqlari orasida keng tarqalgan. Samarqand, Buxoro, Surxondaryo, Qashqadaryo viloyatlarida ayniqsa mashhur. Beshqarsakda qarsak hamda qiyqiriq ovozlar yordamida oʻyin usuli hosil qilinadi. Baʼzi taxminlarga koʻra, kelib chiqishi zardushtiylik marosimlariga borib taqaladi. Navbat bilan turkum tarzida ijro etiladigan oʻyin va terma («yak qars», «qoʻsh qars», «besh qars» va h. k.)lardan iborat. Beshqarsak oʻyini yaqin oʻtmishda qishloq joylardagi toʻy va sayillarda 2 — 3 soat davom etardi. Hozir asosan folkloretnografik va havaskor ansambllar (mas, Urgutdagi «Beshqarsak» ansambli) repertuaridan oʻrin olgan.

Ad.: Karomatov F, Oʻzbek xalq musiqa merosi, 2kitob, T., 1983.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x