Unut mani, man ham unutaman sani,
Qaytma asalim, bo`m-bo`sh Toshkent vokzali.
Unut mani, man ham unutaman sani,
Uzr go`zalim, tamom bo`ldi sevgi asari. (x3)
Yozding xat: “Unutdim demang faqat,
Ko`z yumaylik bariga, qaytsin o`sha muhabbat.”
Yozdim xat: “San qaytishni o`ylama,
Tamom bo`ldi barchasi, mani unutvor, nuqta.”
Oramizda masofa, cheksiz bo`lgan bu “delema”,
Cho`kdi xuddi azobda dengiz o`rtasida kema.
San endi esdan chiqar berilgan mandan mehrni,
Yoningga kelsa agar, qo`yvormagin u taqdirni.
Baxtli bo`lasan mansiz, unga bo`lib vafodor,
Baxtli bo`laman sansiz, manda o`zga go`zal yor.
U go`zaldir san kabi, balki sani ko`rdim man,
O`chmas ekan baribir, ko`z o`ngimda faqat san.
Unut mani, man ham unutaman sani,
Qaytma asalim, bo`m-bo`sh Toshkent vokzali.
Unut mani, man ham unutaman sani,
Uzr go`zalim, tamom bo`ldi sevgi asari. (x2)
Tunu-kun sezaman manga bo`lgan muhabbating,
O`sha payt bilaman, san ham sog`indingmi mani.
Bilaman qiyin, unutvorish oson emas ekan,
Vaqt o`tishi tayin, lek xayoldan o`chmas ekan.
Hech qachon, xuddi yo`l oxiri yo`q,
Bu hayot, ortga qaytish yo`li yo`q.
Ko`z yumguncha birdan oradan o`tdi yillar,
Esdan chiqdi manimcha, qurib baxtli oila.
Qarashlariga qoyil, sani eslatar qizim,
Sani farzanding o`g`il, unda esa maning ismim.
Hayot o`zgardi, ana bo`sh emas Toshkent vokzali,
Tanimadingku qara, man ham tanimadim sani.
Unut mani, man ham unutaman sani,
Qaytma asalim, bo`m-bo`sh Toshkent vokzali.
Unut mani, man ham unutaman sani,
Uzr go`zalim, tamom bo`ldi sevgi asari. (x2)